Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

La Ligada "ur-yiqit" avjida. G‘oliblik kimga nasib etadi?

La Ligada "ur-yiqit" avjida. G‘oliblik kimga nasib etadi?

Baho:
+ | -

Dushanba kuni bo‘lib o‘tgan 34-tur uchrashuvida "Sevilya" o‘z uyida "Atletik"ga yutqazdi. Xulen Lopetegi shogirdlari "Atletiko", "Real" va "Barselona"ga bosim o‘tkazishdi, ammo yakunda o‘zlari mag‘lubiyatga uchrab grandlardan ortda qolib ketdi.

Mavsumning ikkinchi yarmida aksariyat futbol mutaxassislari andalusiyaliklarning chempionlik uchun kurashishiga ishonishgan edi, biroq endi ular uchun bu juda qiyin.
Mavsum yakuniga qadar to‘rtta o‘yin qoldi, "Atletiko" peshqadam, "Real" va "Barsa" ikki ochkoga ortda qolishmoqda, "Sevilya" esa endi olti ochkolik farq bilan 4-o‘rinda.
Agar ochkolar teng bo‘lsa, jamoalar o‘zaro uchrashuvlar natijalariga ko‘ra joylashadilar, ikkinchidan qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga qaraladi, birinchi navbatda bu to‘plar farqi. O‘zaro o‘yinlarda "Real" ustunlik qilgan. Biroq shoshilishga hali erta. Bir omil sababli.
Keling, avval so‘nggi turdan keyingi jamoalarning holatiga nazar solamiz.

"Atletiko" - 76 ochko

Madridliklar ushbu turda "Elche"ni mag‘lub etishdi. Simeone shogirdlari baxtiga mehmonlar penaltidan gol ura olishmadi va uch ochkoni qo‘sh qo‘llab topshirishdi. So‘nggi to‘rtta o‘yinda jamoa uchinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi va pozisiyasini biroz barqarorlashtirdi: aslida esa, barchasi o‘z qo‘llarida. Ammo ko‘plab savollarga narsa keyingi bosqichda "Barselona" bilan bo‘ladigan o‘yinga bog‘liq.

"Real" - 74 ochko

Hali ham Chempionlar Ligasiga tayyorgarlik ko‘rishi kerak bo‘lgan yagona jamoa bu - "Real Madrid". "Qirollik klubi"ning navbatdagi o‘yini aynan YECHL yarim finalida Londonda bo‘lib o‘tadi. Va shundan keyingina 35-turning ikkinchi eng muhim uchrashuvida "Sevilya" bilan o‘zaro hisob-kitob qilinadi. Zidan shogirdlarining foydasiga boshqa har qanday da’vogar klub bilan ochkolar teng bo‘lib qolgan taqdirda ular birinchi o‘rinda bo‘lishadi. Jamoalarning birinchi davrada o‘tkazgan uchrashuvida "Sevilya" 1:0 hisobida g‘alaba qozongan. Bundan tashqari klub 13 mavsumdan buyon ketma-ket ikki marta chempion bo‘lmagan. Hozir buning ayni payti.

"Barselona" - 74 ochko

Garchi to‘plar nisbatiga ko‘ra La ligadagi eng yaxshi ko‘rsatkichni qayd etib turgan bo‘lsa-da, "Barselona" ayni vaqtda "Real"dan keyingi pog‘onada, chunki o‘zaro uchrashuvlar tufayli jamoa uchinchi o‘rinni egallab turishga majbur. Ammo "Atletiko"ni mag‘lub etish evaziga "olovli chempionlik poygasi"ga moy sepib yuborishlari mumkin. Ana o‘shanda intrigani tasavvur qiling. O‘tgan hafta "Granada" bilan qoldirilgan o‘yinda mag‘lubiyatga uchrab, birinchi pog‘onaga ko‘tarilib olish imkoniyatini qo‘ldan boy berdi, shu bois endi Messi asosiy raqiblarini mag‘lub etish imkoniyatiga ega.

"Sevilya" - 70 ochko

"Sevilya" chempionlik unvonini egallashdan mahrum bo‘lishi mumkin. "Atletik Bilbao" Ispaniya kubogidagi mag‘lubiyatidan so‘ng chempionlik poygasiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda: ikki tur oldin ular "Atletiko"ni, so‘nggi turda "Sevilya" ni mag‘lub etishdi. Hozirda Lopetegi jamoasida "Real" ni mag‘lub etishdan boshqa iloj yo‘q - aks holda titul xayollari ertakka aylanishi mumkin.

 


Mavsumning dastlabki qismida, "Real" va "Baselona" ochkolar yo‘qotayotgan paytda "Atletiko" katta farq bilan ilgarilab ketgan edi. Mavsum yakuniga kelib esa, Ispaniya chempionligi uchun bir yo‘la to‘rtta klub bevosita kurash olib boryapti. Bunaqasini yaqin yillar ichida hech kim ko‘rmagandi.
Katta ehtimol bilan "Barselona" va "Atletiko" o‘rtasidagi uchrashuvga bog‘liq. "Real" finaldek qaraladigan uchrashuvlarda mag‘lub bo‘lishni bilmaydi. "Sevilya"ning ham aytar so‘zlari bo‘lishi kerak. Xuddi oldindan bilgandek, qur’a aynan shu jamoalarning o‘zaro o‘yinlarini bitta turga olib qo‘yganinini qarangda endi.
Diyego Simeone, Zinedin Zidan, Ronald Kuman, Xulen Lopetegi – qay birlari raqobatga dosh berolmaydi? Hozircha nomzodlar bor xolos, biroq yakuniy nuqta hali qo‘yilmadi.

Kiritildi: 15:42, 04.05.2021.
O'qildi: 4063 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.