Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

APLda stadionga muxlislar kiritilishi mumkin

APLda stadionga muxlislar kiritilishi mumkin

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-Ligasida joriy mavsumning oxirgi ikki turida stadionga muxlislar kiritiladi. Bu haqda tashkilot rasmiy saytida xabar berildi. Ma’lum bo‘lishicha, 10 maydan boshlab Britaniyada karantin cheklovlarining yumshatilishi munosabati bilan shunday qarorga kelingan.

«Muxlislar 17 maydan stadionga qaytishlari mumkin bo‘ladi. Hukumat 10 maydan keyin karantin cheklovlarini yumshatmoqchi. Premyer-Liga mavsum oxirida har bir klubga bittadan uy o‘yinini muxlislar bilan o‘tkazishga ruxsat berishga qaror qildi. Shu sabab musobaqadagi 37 hamda 38-tur o‘yinlari muxlislar ishtirokida o‘tkaziladi. Klublar bilan kelishgan holda o‘yinlarga mehmon jamoa muxlislarini kiritmaslikka qaror qilindi.

Jamoalar stadonda barcha karantin talablarini bajarishlari talab qilinadi. APL muxlislarni juda sog‘ingan va bu 2021/22 yilgi mavsumda stadionlar to‘lishi uchun asosiy omil bo‘lishiga umid qilamiz», deyiladi bayonotda.

Ma’lumot uchun, dekabrda ham APLning ba’zi o‘yinlariga cheklangan miqdorda muxlislar kiritilgan, lekin epidemiologik holat yomonlashgani sabab bu yengillik bekor qilingandi. Britaniyada vaksinasiya ortidan epidemiologik holat yaxshilangani bois karantin cheklovlari asta-sekin yumshatilmoqda va bu sport musobaqalariga muhlislarni kiritishga asos bo‘ldi.

Kiritildi: 17:18, 05.05.2021.
O'qildi: 3111 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.