PSJ rahbariyati «Roma» yarimhimoyachisi Alessandro Florensi to‘liq sotib olmaslikka qaror qildi. Bu haqda Fransiya matbuoti xabar bermoqda.
Florensi parijliklar safida ijara asosida o‘ynab kelmoqda. Endi kelasi mavsum boshidan u yana «Roma» bazasiga qaytadi.
Manbaning xabariga ko‘ra, PSJ Florensining o‘rniga «Tottenxem» a’zosi Serj Oryeni sotib olmoqchi. Kelasi yozda ushbu transfer amalga oshib qolishi mumkin.