Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

YEL. Yana Angliya jamoalarini finalda ko‘ramizmi? Yoxud yarim finalda kimning imkoniyati yuqori?! (Prevyu)

YEL. Yana Angliya jamoalarini finalda ko‘ramizmi? Yoxud yarim finalda kimning imkoniyati yuqori?! (Prevyu)

Baho:
+ | -

Bugun tunda Yevropa Ligasi doirasidagi yarimfinal javob uchrashuvlari o‘tkaziladi. Mazkur uchrashuvlar haqidagi qisqacha prevyuni taqdim etamiz.

 

ARSENAL - VILYARREAL

Bir hafta oldin "Arsenal" "Vilyarreal"ga "atigi" 2:1 hisobida yutqazib qo‘ydi. "Kanonirlar" birinchi bo‘limda juda yomon o‘yin ko‘rsatishdi, ammo tanaffusdan so‘ng londonliklar o‘zlarining avvalgi o‘yinini topdi va bir kishi kam bo‘lsa-da, Ispan klubining ikki goliga bitta javob qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. Unai Emeri shogirdlari esa, haqiqatdan ham xarakter ko‘rsata olishdi. Tarkib jihatdan ham, o‘yin tashkil qilishda ham londonlik hamkasblaridan biroz orqaroqda bo‘lsa-da, ajoyib o‘yin ko‘rsatishdi va chiroyli g‘alabaga erishdi.

"Arsenal" Yevropa musobaqasidagi uy ujrashuvlari biroz omadsiz kechmoqda. "Emirets"da kechgan so‘nggi ikki uchrashuvining birortasida g‘alaba qozona olmagan (1 durang, 1 mag‘lubiyat). Agar, Arteta shogirdlari final yo‘llanmasiga ega chiqishni xohlashsa, ushbu noxush an’anani buzishi talab etiladi.
"Vilyarreal" Yevropa Ligasining oxirgi 13 uchrashuvidan beri mag‘lub bo‘lmay kelmoqda(12 g‘alaba, 1 durang). Ular oxirgi marta 2019-yilning aprel oyida mazkur musobaqaning chorak finali javob uchrashuvida "Valensiya" 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lishgan.

"Arsenal" Yevropa klublari o‘rtasidagi musobaqalar pley-off bosqichlarida Ispaniya jamoalariga qarshi o‘tkazilgan so‘ngi 11 uchrashuvdan faqat bittasida mag‘lub bo‘lgan. 2016 yil fevral oyida Chempionlar Ligasi 1/16 final doirasidagi uchrashuvda "Barselona"ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berishgan.
"Vilyarreal" futbolchisi Jerar Moreno Yevropa Ligasi boshlagandan beri, so‘nggi 7 uchrashuvning har birida gol yoki golli pas bergan futbolchi.
Bugungi bahs oldidan Ispan klubi tarkibida katta yo‘qotishlar yo‘q. Faqatgina, Iborra, Etyen Kapu va Xuan Foyt kabi o‘yinchilar Londonga kelishmagan. "Arsenal" safidan esa Dani Sebalyos yarim final dastlabki uchrashuvida olgan qizil kartochka sabab bugungi qarama-qarshilikda maydonga tushmaydi. Shuningdek, David Luiz, Aleksander Lyakazett, Kiran Tirnilarni ham o‘yinda qatnashishi so‘roq ostida bo‘lib turibdi.

Ehtimoliy tarkiblar

«Roma»: Mirante; Manchini, Smolling, Ibanez; Klansdorf, Villar, Kristante, Bruno Peres; Pellegrini, Mihitaryan; Mayoral

«Manchester Yunayted»: De Gea; Van-Bissaka, Bayi, Maguayr, Shov; Matich, Fred; Rashford, Bruno Fernandesh, Pogba; Grinvud

 

ROMA - MANCHESTER YUNAYTED

Yakshanba kuni "Manchester Yunayted"ning Angliya Premer-ligasi doirasidagi "Liverpul"ga qarshi o‘yini muxlislarning tartibsizligi sabab qoldirildi. Shuning uchun ham, Sulsher shogirdlari Italiya safari oldidan to‘liq 1 hafta davomida dam olishdi.

Ammo bu tashrif rasmiyatchilikdan boshqa narsadek ko‘rinmayapti. Chunki birinchi o‘yinda "qizil iblislar" "Roma"ni juda yirik 6:2 hisobida mag‘lub etishdi.

"Yunayted" "Roma" bilan barcha musobaqalardagi so‘nggi olti uchrashuvning beshtasida g‘alaba qozongan.

"Roma" 2015/16 yilgi Chempionlar Ligasi 1/8 bosqichidan beri (Real Madridga qarshi) UYEFAning klublar darajasidagi musobaqalar pley-off bosqichida ikkala o‘yinni ham yutqazmagan edi. Ehtimol, bu an’ana bugun ham davom etishi mumkin. Buning uchun, bugungi uchrashuvda mag‘lub bo‘lishmasa bo‘ldi.
"Yunayted" UYEFA Evropa Ligasidagi so‘nggi to‘rtta o‘yinning barchasida g‘alaba qozongan.
Manchesterliklar vingeri Daniyel Jeyms jarohati tufayli Italiyaga bormadi. Fil Jons va Antoni Martial ham bugungi bahsda qatnasha olmaydi. Ammo, "Roma" safida yo‘qotishlar talaygina. El-SHaaravi, Pedro, Veretu, Leonardo kabi futbolchilar maydonga tushmaydi.

 

Ehtimoliy tarkiblar

«Arsenal»: Leno; Chambers, Holding, Pablo Mari, Jaka; Elneny, Partey, Smit-Rov; Pepe, Obameyang, Saka

«Vilyarreal»: Rulli; Mario, Albiol, Pau Torres, Pedrasa; Chukveza, Parexo, Koklen, Trigeros; Alkacer, Moreno

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi

 

 

Kiritildi: 18:24, 06.05.2021.
O'qildi: 3102 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.