Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

Yulian Nagelsmann va uning "Bavariya"dagi inqilobi

Yulian Nagelsmann va uning "Bavariya"dagi inqilobi

Baho:
+ | -

Yosh mutaxassis yangi klubda nimalar qilishi kerak.

Yulian Nagelsmann bir zumda Yevropaning yetakchi jamoalaridan biriga murabbiy bo‘ldi va u 1 iyuldan ish boshlaydi. Ko‘rinishidan, "Bavariya" unga yaxshigina pul sarflaganidan ham ishonayotgani guvohi bo‘lamiz. 25 mln yevroga yaqin baholanyapti uning "Leypsig"dan ketishi.

Nagelsmann 33 yoshda, ammo u qisqa karyerasida bironta ham katta sovrin yutmagan. Ammo bu uning dunyodagi eng aqlli murabbiylardan biri bo‘lishiga to‘sqinlik qilmaydi.

Myunxenda uning qilishi kerak bo‘lgan ishi talaygina. Keling, u nima qilishi kerakligini ko‘rib chiqaylik.

Kiyinish xonasida o‘ziga muhit yaratish kerak

Hozircha hammasi yaxshi ko‘rinmoqda jamoadagi asosiy futbolchilar yangi murabbiyni qo‘llab-quvvatlab, uning yutuqlarini hurmat qilishayotganga o‘xshaydi. Oldingi klublarida ko‘pchilik uning odamlar bilan yaxshi chiqishib keta olishi haqida yaxshi gapirishardi.

Taklifni qabul qilishdan oldin ham nemis mutaxassisi "Bavariya" lageridagi kayfiyatni yaxshiroq bilish uchun "Bavariya" futbolchilari bilan bog‘landi. Uning qo‘rquvini tushunsa bo‘ladi. Axir jamoa sardori Manuel Noyer undan katta, Tomas Myuller va Robert Levandovski esa uning tengdoshlari. Ular uchun yosh murabbiy bilan ishlashga ko‘nikish oson bo‘lmaydi.

Uning ishi davomida tarkib o‘zgaradi, lekin birinchi navbatda yetakchilarning hammasi bilan yaxshi til topishib olgan ma’qul.

Taktik jihatdan moslashish

Ushbu mavsumda "Bavariya" yangi murabbiy uchun foydali bo‘lishi mumkin bo‘lgan 4-2-3-1 uslubini ko‘p ishlatdi.

Ammo Nagelsmann o‘z taktikasini o‘zgartirishni va uchta himoyachi bilan o‘ynashni yaxshi ko‘radi, shuning uchun jamoa 3-5-2 yoki 3-4-2-1 uslubida harakat qilishiga ishonishingiz mumkin.

U bilan birga "Leypsig"dan videotahlilchi Benjamin Glyuk ham keladi, uning taktik tahlili futbolchilarga Nagelsmanning fikrlariga tezda ko‘nikishga yordam beradi.

"Leypsig" dan himoyachi Upamekano ham keladi, u David Alaba va Boateng ketganidan keyin muhim bo‘ladi. Luka Ernandes ko‘proq mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi,lekin uning Devisdan qanday foydalanishi sir bo‘lib qolmoqda. U jamoaning hujumlarida yanada ko‘proq ishtirok etishi mumkin.

Eng qizig‘i, hujumda ikkita hujumchi sxemasining qanday ishlashini kuzatish bo‘ladi. Levandovski oldi qatorda yolg‘iz qolishga odatlangan. Ammo endi u bu mas’uliyatni Erik Shupo-Moting bilan bo‘lishish ehtimoli yo‘q emas.

O‘yin uslubiga keladigan bo‘lsak "Bavariya" yanada agressivlashadi va to‘p bilan ustunlik qilishga katta e’tibor qaratadi.

Transfer siyosati bilan shug‘ullanish

Barcha ko‘rsatkichlar shuni ko‘rsatadiki, Nagelsman bu yozda ko‘p pul sarflay olmaydi.CHunki ikki transfer amalga oshirilgan.Upamekano va Omar Richards allaqachon jamoa bilan shartnoma imzolashgan.

Karl-Xaynts Rummenigge boshqaruv raisi lavozimidan ketadi va Oliver Kan bu vazifani bajaradi. U sport direktori Xasan Salixamidjich yordamida murabbiyni transferlar to‘g‘risida xabardor qilib turadi.

"Leypsig"dan yana kimdir jamoaga taklif qilinishi,qiyin ish emas.Lekin murabbiy qo‘l ostidagi ro‘yxatdan mamnun bo‘lganligi haqida ma’lumotlar bor. U o‘zi futbolchilarga qanday o‘sishga yordam berish kerakligin biladi va uning yordami bilan "Bavariya" yangi darajaga ko‘tarilishi mumkin.Xoland haqidagi mish-mishlarga esa ishonmasangiz ham bo‘ladi. Klub yuqori saviyadagi shartnomalarga qiziqish bildirmayapti.

Faqat Kingsli Koman bilan bog‘liq vaziyatni hal qilish qoldi. "Bavariya"uni sotib yubormoqchi emas, ammo futbolchining shartnomasi 2023 yilda tugaydi va kech bo‘lmasdan nimadir qilish kerak.

Jamoani qayta qurish haqida

Besh yillik shartnomani imzolash orqali Nagelsman keng ko‘lamli qayta qurish boshida turganligini tushundi. Ertami-kechmi u Manuel Noyer, Tomas Myuller va Robert Levandovski o‘rnini egallashi kerak bo‘lgan futbolchilarni topishi lozim. Oson bo‘lmagan vazifa.

Oliver Kan va Prezident Gerbert Xayner "Bavariya"ni yana uzoq vaqt davomida yuqori saviyada saqlab qolish strategiyasini ishlab chiqmoqdalar. Nagelsmanni juda aqlli ekanligini bilamiz va uning ham global islohotlarda qatnashishini tasavvur qilish oson.

Kelajak Kimmix, Goretska, Devis va Sanega bog‘liq. "Bavariya" ning yangi o‘yinchisi bo‘lishi mumkin bo‘lgan Upamekano bilan Zulega ham. "Bavariya" endi transfer bozoridagi yosh iqtidorlarni, masalan, norvichlik 21 yoshli Maks Erons, Gladbaxdan 24 yoshli Florian Noyxaus, “Renn“ dan 18 yoshli Eduardo Kamavinga va 19 yoshli Lyusen Agum kabi yosh iste’dodlarni ko‘rib chiqmoqda.

Yosh murabbiy–yosh futbolchilar

U yangi Gvardiola ekanligini isbotlashi kerak

Gvardiolaning "Bavariya" dagi ta’siri hech qachon unutilmaydi va uning yangi murabbiyi ham shu yo‘ldan yuradi. Hech kimga sir emaski, nemis "Manchester Siti" murabbiyining ashaddiy muxlisi va u hatto ba’zida Gvardiolaga o‘zining jamoasi o‘yinlari videolarini yuborib, undan izohlar kutadi.

Ammo Nagelsmann bir necha bor o‘zini oqlagan usullariga ishonadi. Faqat bitta narsa qoldi–sovrinlarni yutish.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 17:23, 07.05.2021.
O'qildi: 3177 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.