Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

O‘zgarib borayotgan "Chelsi". Jamoa muvaffaqiyatiga sabab bo'layotgan jihatlar

O‘zgarib borayotgan "Chelsi". Jamoa muvaffaqiyatiga sabab bo'layotgan jihatlar

Baho:
+1 | -

Mavsumni Lempard boshchiligida biroz muvaffaqiyatsiz boshlagan "Chelsi" ayni paytga kelib, anchagina yaxshi natijalar qayd etmoqda. Yaqin vaqtlar ichida klubda natijalar o‘zgarishni boshladi. Katta o‘yinlardagi g‘alabalar va tartibli futbol, bu xulosaga kelishimizga asosiy sabab bo‘lmoqda. Demak, klubning qaysi faktorlar evaziga muvaffaqiyat qozonayotgani xolis aytib o‘tamiz.

Tajribali murabbiyning jamoaga kelishi

Lempard futbolchi sifatida afsona hisoblansada, murabbiylik baribir boshqa masala va boshqa daraja. Uning qo‘l ostida tarkib bir muncha yoshardi va anchagina hujumkor o‘yin ko‘rsatdi, ammo natijalar ha deganda yaxshilanaveradi. Ko‘rinib qoldiki, Lempardning darajasi hali "Chelsi" darajasida emas ekan. Tuxel esa umuman tajribali mutaxassis. Nemis murabbiylari ayni vaqtda Yevropada katta ishlar qilishmoqda. Oxirgi ikki mavsumda YECHL bosh sovrinini aynan germaniyalik murabbiylar boshi uzra baland ko‘tardi. Agar, Gvardiola to‘xtatib qolmasa, bu safar ham nemis mutaxassis o‘z jamoasini chempion qilishi mumkin. Umuman olganda, Tuxel jamoaga biroz uyushqoqlik va tartib olib keldi. Iqtidorli, ammo tajribasiz murabbiy qo‘l ostida, xuddi shu tarifga mos futbolchilarning harakat qilishi ish bermadi. Tajribali Tomas kelib ko‘p narsani o‘zgartirdi. "Aristokratlar" keskin burilishga qo‘l urdi. Faqatgina bir ish qoldi. U ham uddalansa, bu burilish tarix sahifalarida qoladi.

Raqobatdardosh hujum chizig‘i

"Aristokratlar" tarkibida rostdan ham iqtidorli futbolchilar talaygina. Hujum chizig‘ida teng kuchli raqobatbardosh futbolchilarning harakatlanishi hujumkorlikni yanada oshirib bermoqda. Ziyesh, Xaverts, Pulishich, Maunt, Verner, Abraham, Jiru kabi nomlarning o‘zi ham bu jamoaning qanchalik darajada hujumkorligini ko‘rsatib beradi. Gohida Pulishich o‘zini ko‘rsatsa, Goh Xaverts va Ziyeshlar yirik planga chiqmoqda. Maunt deganlari esa jamoaning haqiqiy yuragiga aylana oldi. Verner esa hali to‘liq o‘z funksiyasini bajara olmayapti. Shunday bo‘lsada, natijalar yomon emas. Abraham va Jiru bu poygada biroz ortda, ammo ularning ham natidalarda hissasi bor. Hullas, tarkib xavas qilsa arzigudek. Natijalar ham havas qilgudek bo‘lgan taqirda, bu yulduzlar o‘z ishini qilgan bo‘ladi.

Yana o‘sha eski nomlar

Kante, Jorjinyo, Aspilikuyeta, Tiago Sila kabi tajribali futbolilar mazkur o‘yin uslubining haqiqiy tayanchlari bo‘la olmoqda. Har doim ham yorqin o‘yinlari bilan ko‘rinavermaydigan bu futbolchilar, aslida maydonda katta hajmdagi ishni bajarib beradi. Har qanday kuchli tarkibda bunday sovuqqon va tajribali futbolchilar bo‘lishi shart, menimcha. Aspilikuyeta kabi jonkuyar, Silva kabi tajribali, Kantedayin kreativ va Jorjinyodey mehnatkash futbolchilar har bir jamoada qadrlanadi va "aristokratlar"ning yaxshi o‘yinlarida, ularning hissasi yuqorida nomi kelirilgan yulduzlarnikidan kam emas.


Londonning "Chelsi" klubi uzoq tanaffusdan so‘ng yana YECHL finalida o‘ynaydi. Ancha vaqtdan buyon ushbu klub bu sovrin uchun da’vogarlik qilmayotgan edi. Ular yana qaytdi. Kelasi mavsumlarda ushbu klubdan yorqin va stabil o‘yinlar kutsak ham bo‘ladi. Boisi, ular bir jamoa o‘laroq shakllanib ulgurdi.

 

                                                                                             Xudayqulov KARIM tayyorladi

Kiritildi: 21:38, 09.05.2021.
O'qildi: 4634 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.