Myunxenning «Bavariya» klubi hujumchisi Robert Levandovski «Inter»ning Italiya A Seriyasidagi muvaffaqiyatlari haqida fikr bildirdi.
«A Seriya - bu ko‘proq taktik va himoyaviy liga. Ammo Italiyada gol urish Germaniya, Ispaniya yoki Angliyadagi kabi qiyin.
Men Shensni uchun achinaman, u mening jamoadoshim va yaxshi do‘stim. Ammo «Inter» ushbu chempionlikka loyiq edi, ular ajoyib jamoa ekanliklarini isbotladilar.
«Yuventus» yoki «Bavariya» singari ketma-ket to‘qqizta chempionlik unvonini qo‘lga kiritish g‘ayrioddiy narsa", - deydi Robert.
Eslatib o‘tamiz, «Inter» 2010 yildan beri birinchi marta Italiya chempioniga aylandi.