«Barselona» yarim himoyachi Rodrining transferi bo‘yicha «Manchester Siti» bilan muzokaralarni davom ettirmoqda.
«Ko‘k-anorranglilar» ispaniyalik futbolchi uchun qariyb 60 million yevro to‘lashga tayyor ekanini bildirgan, deb xabar beradi Transfer News Live nashri Sport manbasiga tayanib. Birinchi taklif — 45 million yevro plyus 10 million yevro bonus ko‘rinishidagi summa «shaharliklar» tomonidan rad etilgan edi.
Dastlab Angliya klubi 30 yoshli futbolchi uchun taxminan 80 million yevro talab qilgan edi, ammo yakunda 70 million yevroga yaqin summadagi taklifni qabul qilishi ehtimoli yuqori. «Barselona» bitimni imkon qadar tezroq yopishga harakat qilmoqda.
Rodrining «Manchester Siti» bilan shartnomasi kelgusi yili o‘z nihoyasiga yetadi. Futbolchi Kataloniya grandiga og‘zaki roziligini berib bo‘lgan.













