Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/02 01:00 Olimpiakos 0-2 Bayer
19/02 01:00 Bryugge 3-3 Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt 3-1 Inter

Forbes talqiniga ko‘ra dunyoning eng daromadli sportchilari aniqlandi

Forbes talqiniga ko‘ra dunyoning eng daromadli sportchilari aniqlandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

 

Unga ko‘ra ikki vazn toifasida sobiq UFK chempioni Konor Makgregor birinchi o‘rinni egalladi. Irlandiyalik sportchi ilk marta 180 million dollar bilan reytingning eng yuqori pog‘onasiga loyiq ko‘rildi. Irlandiyalik jangchi bu summaning katta qismini (150 million) o‘z viski brendi sotilishidan ishlab olgan. MMA’da esa 32 yoshli jangchi 22 million dollar ishlab topgan.

Reytingning ikkinchi pog‘onasida “Barselona” hujumchisi Lionel Messi qayd etildi. Uning daromadi 130 million dollarni tashkil qildi. U shundan 97 millionini klubdagi maoshidan, qolgan 33 millioni esa homiylik shartnomalaridan olgan. Kuchli uchlikka “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu yakun yasab berdi — 120 million dollar.


Qayd etish joiz, reytingni tuzishda sportchilarning 2020-yilning 1-mayidan 2021-yil 1-mayigacha bo‘lgan muddatdagi daromadi hisobga olingan.

Forbes talqiniga ko‘ra dunyoning eng daromadli sportchilari o‘nligi (2020) quyidagicha ko‘rinish oldi:

1. Konor Makgregor (MMA) — 180 million dollar;

2. Lionel Messi (futbol) — 130;

3. Krishtianu Ronaldu (futbol) — 120;

4. Dak Preskot (amerikancha futbol) — 107,5;

5. Lebron Jeyms (basketbol) — 96,5;

6. Neymar (futbol) — 95;

7. Rojer Federer (tennis) — 90;

8. Lyuis Hemilton — (avtopoyga) — 82;

9. Tom Bredi (amerikancha futbol) — 76;

10. Kevin Dyurent (basketbol) — 75.

Manba: Daryo.uz
Kiritildi: 20:39, 13.05.2021.
O'qildi: 9526 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.