Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Shuhrat Maqsudov: «Birinchi davrani yakunlab olsak, tarkibga yaxshi futbolchilarni olishni reja qilganmiz»

Shuhrat Maqsudov: «Birinchi davrani yakunlab olsak, tarkibga yaxshi futbolchilarni olishni reja qilganmiz»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 9-turidan o‘rin olgan «Bunyodkor» - «Navbahor» o‘yinidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Shuxrat Maqsudov jurnalistlar savollariga javob berdi.

«Avvalgi turdagi alamli mag‘lubiyatdan keyin, futbolchilarning ruhiy holatini yaxshilash uchun ishladik. O‘ylashimcha, bugun jamoa mazmunli o‘yin ko‘rsatdi. Ammo, bizga futboldagi eng kerakli unsur omad yetishmadi. Shogirdlarimga bugungi o‘yin uchun minnatdorlik bildiraman. Bugungi kunda kim kuchli bo‘lsa, o‘sha maydonga tushadi.

Mirjahon Marahmadovning o‘yini shahsan meni qoniqtirdi, shu bois unga ishonch bildirdim. Menimcha, bugungi kunda feyr-pleyga eng ko‘p amal qiladigan jamoa «Bunyodkor» bo‘lsa kerak. Bitta o‘sha birinchi bo‘limda Farrux Ikromov o‘yinni to‘xtatmaganini aytmaganda, boshqa bunday holat kuzatilmadi. Mavsum boshida ham ta’kidlagan edim.

Yaxshi homiyga ega bo‘lganimizda transfer oynasi yopilgan edi. Birinchi davrani yakunlab olsak, tarkibga yaxshi futbolchilarni olishni reja qilganmiz. Yangilar ichida yoshlar jamoasidan ham vakillar bo‘ladi, albatta.

«Navbahor»ni «Neftchi»da ishlab yurgan paytimdan juda hurmat qilaman. Namanganda futbolni yaxshi ko‘rishadi. «Bunyodkor» har bir o‘yinga raqibni hurmat qilgan holda tushadi. Jumladan, «Navbahor»ni ham. Lekin bugungi durang biz uchun mag‘lubiyatga teng bo‘ldi», - deya ta’kidladi toshkentliklar ustozi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:48, 18.05.2021.
O'qildi: 4699 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик