Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/04 00:00 Alaves 2-2 Osasuna
06/04 15:30 Udineze 0-0 Komo
06/04 18:00 Lechche 0-3 Atalanta
06/04 21:00 Yuventus 2-0 Jenoa
06/04 23:45 Napoli 1-0 Milan
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv - Xorazm
07/04 18:00 Mash’al - Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon - Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid - Bavariya
07/04 23:59 Sporting - Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul

Prevyu. “Nasaf” – “Oltin Asr”

Prevyu. “Nasaf” – “Oltin Asr”

Baho:
+1 | -

"Nasaf" OFK Kubogi “F” guruhi so‘ngi turida Turkmanistonning “Oltin Asr” jamoasi bilan kuch sinashadi. Bu bellashuv ikkala jamoa uchun ham muhim. Chunki “ajdarlar” guruhda 6 ochko jamg‘argan holda peshqadamlik qilayotgan bo‘lsa, ashxobodliklar 4 ochko jamg‘argan holda guruhda 2-o‘rinni egallagan.

 Jamoamiz guruhdan chiqishi uchun mazkur bellashuvda kamida durang qayd etishlari, raqibga esa g‘alaba kerak bo‘ladi. Lekin bu bellashuvda, Ro‘ziqul Berdiyev matbuot anjumanida aytib o‘tganidek, "ajdarlar" faqat g‘alaba uchun maydonga tushishadi.

“Nasaf” o‘z tarixida turkman jamoalariga 2001-2002 yilgi Osiyo Chempionlar Kubogida maydonga tushgan. Ushbu musobaqada “ajdarlar” qo‘shni Turkmanistonning “Kopetdog‘” jamoasi bilan kuch sinashgan uy-safar tizimida bo‘lgan har ikkala uchrashuvda ham vakillarimiz zafar quchishgan. Mehmonda bo‘lib o‘tgan birinchi bellashuvda jamoamiz 1:0 hisobda g‘alaba qozongan. Uchrashuvdagi yagona golga Shuhrat Toshpo‘latov mualliflik qilgan. Qarshidagi bahsda “ajdarlar” turkmanistonlik raqiblarini yirik 3:0 hisobida yengishgan. Uchrashuvdagi gollarga Bahrom Xaydarov, Shuhrat Mamajonov, Zafar Xolmurodov mualliflik qilishgan.
 
 “Oltin Asr” jamoasi haqida…

Raqibimiz Turkmaniston poytaxti Ashxobod sharafini himoya qiladi. Jamoa 2008 yilda tashkil topgan. Klub tashkil qilinganiga unchalik ko‘p vaqt bo‘lmagan bo‘lsa-da, ammo shu qisqa vaqt ichida jamoa Turkmanistonning sovrindor jamoalaridan biriga aylanib ulgurgan. Klub o‘z tarixida bir marotaba bronza, bir marta kumush, yetti karra mamlakat chempionligini, uch marotaba Turkmaniston kubogini va ikki marotaba Turkmaniston Superkubogini qo‘lga kiritgan. “Oltin Asr” 2018yilgi OFK Kubogida finalga qadar yetib borgan va Iroqning “Al-Quva” jamoasiga 0:2 hisobida imkoniyatni boy bergan.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 23:10, 19.05.2021.
O'qildi: 5196 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик