Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

«Lill» «PSJ»ni taxtdan ag‘darish arafasida

«Lill» «PSJ»ni taxtdan ag‘darish arafasida

Baho:
+ | -

«Lill» klubi 10 yillik tanaffusdan so‘ng Fransiya chempionligini nishonlashga juda yaqin turibdi. Ushbu jamoa so‘nggi marta 2011 yilda Liga-1da g‘olib chiqqan edi.

«PSJ» esa so‘nggi sakkiz yil ichida bu sovringa yetti marotaba ega chiqqan edi. Joriy mavsumda ham ulardan mamlakat chempionligi kutilayotgan edi. Boisi, klubning qatarlik egalari jamoasi uchun optimal moliyaviy sharoitlar yaratib berishgan. Futbol tarixidagi eng qimmat ikkita — Neymar hamda Mbappe xaridini amalga oshirishga qurbi yetgan klub, bugun Maurisio Pochettino qo‘l ostida atigi bir ochkolik farq bilan Lill shahri jamoasidan keyingi, ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Yuqoridagi holatga parijliklar hujumchisi Kilian Mbappe mahalliy OAVga bergan intervyusida qisqacha shunday izoh berib o‘tadi: "Bordiyu, bu yilgi chempionlikni qo‘ldan boy bersak, ayb faqat va faqat o‘zimizda bo‘ladi. Negaki, vaziyat o‘z qo‘limizda edi".

O‘tgan hafta ko‘p narsani o‘zgartirib yubordi. Poytaxtliklar «Renn» bilan durangga imzo chekkan bir paytda, «Lill» «Lans»ni yirik hisobda mag‘lub eta oldi. Bu esa orada 3 ochkolik tavofutni yuzaga keltirdi. Biroq, so‘nggi turda «Lill» durang o‘ynadi, «PSJ» esa g‘alabaga erishdi. Farq yana 1 ochkogacha qisqardi. Shunga qaramay, joriy mavsum shimoliy shahar klubi 2011 yildan beri ilk bor chempionlikka juda yaqin kelmoqda. Endilikda, «Lill»dan so‘nggi turda o‘rtamiyona «Anje»dan 3 ochko tortib olish talab qilinadi, xolos.

Joriy mavsumda «Lill» poytaxt jamoasidan 4 ochko tortib oldi. Bundan ko‘rinib turibdiki, «Lill» ushbu mavsumda raqibiga nisbatan haqiqatan ham kuchliroq ko‘rindi. Hattoki, Mbappe ham ijtimoiy tarmoqdagi o‘z akkauntida respekt heshtegi ostida: «Lill» klubi butun mavsum davomida atigi sakkizta mag‘lubiyatga uchrab, chempionlikka haqli o‘yinlar ko‘rsatdi. Biz esa natijalarimiz uchun javobgarlikni to‘liq zimmamizga olamiz", deb fikr qoldirdi.



Pochettino klubi bu mavsumda hatto YECHL yo‘llanmasidan quruq qolishi ham mumkin. Chunki, turnir jadvalida «Lion» va «Monako» kichik farq bilan Parij klubini ta’qib etmoqda.

Joriy mavsum shimolliklar tarkibida porlab chiqqan futbolchilardan biri Burak Yilmazdir. Faxriy turk hujumchisi 2020/21 yil «Lill»ning chempionlik poygasida eng faollardan, ta’bir joiz bo‘lsa, klubning harakatlantiruvchi kuchlaridan biri bo‘ldi. U mavsum davomida 15ta gol muallifiga aylandi. Bu ko‘rsatkich Yevropaning kuchli yettita milliy chempionatlarida, 35 yoshdan katta futbolchilar orasida Krishtianu Ronaldudan (27 ta) keyingi ikkinchi eng yaxshi natijadir.

«Beshiktosh»dan tekinga transfer bo‘lgan Yilmaz, bu yili Fransiyaning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga nomzodlarning kuchli beshtaligi orasida bor. U bilan birga Neymar («PSJ»), Memfis Depay («Lion»), Vissam ben Yedder («Monako») va Mbappe («PSJ») ko‘rsatilgan. Bordiyu, «Lill» chempion bo‘la olsa, katta ehtimol bilan Burak Yilmaz mukofotga loyiq ko‘riladi.

Mavzuga oid statistik ma’lumotlar:

1.«Lill»ga chempionlikni nishonlash uchun yana 3 ochko kerak bo‘ladi;

2. Maurisio Pochettin «PSJ» murabbiyi sifatida 9 ta uy uchrashuvining uchtasida mag‘lubiyatga uchrashga ulgurdi. Oldingi murabbiy — Tomas Tuxel davrida 42 ta uchrashuvda, Unai Emeri va Laran Blan boshqaruvida umumiy 95 ta o‘yinda o‘z stadionida shuncha mag‘lub bo‘lingan edi.

Ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 11:51, 20.05.2021.
O'qildi: 6376 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.