Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/10 00:00 Barselona 5-1 Sevilya
21/10 18:00 So‘g‘diyona 1-1 OKMK
21/10 21:00 Al-Ayn 4-5 Al-Hilol
21/10 21:00 As-Sadd 1-0 Persepolis
21/10 21:00 Ash-Shorta 0-0 Paxtakor
21/10 23:00 Ar-Rayyan 1-2 Al-Ahli (SA)
21/10 23:45 Verona 0-3 Monsa
22/10 00:00 Valensiya 2-3 Las-Palmas
22/10 00:00 Nottingem Forest 1-0 Kristal Pelas

Suareslashgan "Atletiko". Sirli El Pistolero. Vajohatli Luis!

Suareslashgan "Atletiko". Sirli El Pistolero. Vajohatli Luis!

Baho:
+1 | -

Biroz oldin Madridning "Atletiko" klubi o‘z tarixidagi 11-La Liga chempionligini qo‘lga kiritdi. Unda bevosita bir kishining xizmatlari beqiyos bo‘ldi. 

Quyida e’tiboringizga "matraschilar"ning o‘tkazgan ajoyib mavsumiga oid ba’zi ma’lumotlarni taqdim etamiz.

• Suaresning "Atletiko"dagi so‘nggi 16 goli jamoaga 21 ochko olib kelgan.

• Diyego Simeone "Atletiko"ga kelmaguncha jamoa odatda 7-o‘rindan tepaga ko‘tarila olmagan. U kelgach madridliklar 10 yil ichida hali biror marta ham kuchli uchlikdan pastga tushib ketmadi. Orada ikki marta La Liga chempionligi ham qo‘lga kiritildi.

• "Arsenal" a’zosi Tomas Parti "Atletiko"dagi mavsum boshidagi dastlabki 3 o‘yini evaziga La Liga chempionligiga ega chiqdi.

• "Atletiko" mavsumning naq 26 haftasini turnir jadvalining birinchiligida o‘tkazdi. Bu klub shaxsiy rekordi.

• Suaresning 16 goli jamoaga 21 ochko taqdim etishi bilan birga La Liga tarixidagi bir futbolchi tomonidan qayd etilgan eng yaxshi ko‘rsatkich ham hisoblanadi.

Buning ustiga El-Pistolero jamoasi gollarining naq 33%ida qatnashdi.

• Luis Suares: Men o‘zimni qadrlamagan klubda o‘ynashni istamayman. "Atletiko" menga joy berdi, past maosh evaziga bo‘lsada bu yerda chempion bo‘la olishimni oldindan his etdim.

Men "Barsa"ga buni ko‘rsatib qo‘yishim kerak edi. Faoliyatimni Qatar-u MLSlarda tugatishni istamayman. Men oxirigacha top ligada kurashmoqchiman.

• Suares "Atletiko"ning umumiy 26 g‘alabasidan 11 tasini birgina o‘z gollari evaziga amalga oshirdi. Bu mutlaq rekord!

• 2013 yilda "Barsa" David Villani "Atletiko"ga 5 millionga sotib yuborgandi va keyinchalik u Madrid jamoasida chempion bo‘lgan. O‘shanda Villa 13 ta gol urgan edi.

2020 yilda esa "Barsa" xuddi shu ishni Suares bilan amalga oshirdi. Luis 21 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

• Kayl Uoker "Tottenxem"ni tark etdi va 3 marta APLni yutdi.

Eriksen "Tottenxem"ni tark etdi va Skudettoni qo‘lga kiritdi.

Trippyer "Tottenxem"ni tark etdi va La Ligada g‘alaba qozondi.

Navbat Keyngami?!...

• Suares vajohati: u "Barsa" safiga 2014 yili kelib qo‘shilgani zahoti "Atletiko" chempionlik kurashiga keyinchalik deyarli yaqinlasha olmadi.
U "Atletiko" safiga qo‘shiliboq jamoasini chempion qildi - o‘xshash taqdirlar va qiziq kontrastlar! 

Albatta bular shunchaki kutilmagan o‘xshashlik va oddiy tasodiflar emas. Bularning barchasida Luis Suaresning haqiqiy mahorati va "Atletiko"ning ulkan sabri eng muhim rollarni o‘ynab berdi.

Yusufbek Saydaliyev tayyorladi

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 00:13, 23.05.2021.
O'qildi: 10010 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.