«Barselona» yarim himoyachisi Miralem Pyanich mavsumga xulosa qildi.
"Klub libosini kiyish men uchun sharaf. Jamoamni hurmat qilaman. Maydon ichida va tashqarisida u uchun borimni beraman.
Bunga «Barselona» munosib. Bu ishni klubdagi birinchi kunimdan beri qilib kelaman.
Bu mavsum menga achchiq ta’m va javobsiz qolgan savollar bilan yodimda qolmoqda", — dedi Pyanich.