Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/06 19:30 Bunyodkor 0-3 Neftchi
02/06 00:00 Borussiya D 0-2 Real Madrid
02/06 19:00 Andijon - Paxtakor
02/06 19:30 Nasaf - Lokomotiv
02/06 21:00 Atalanta - Fiorentina

"Oldingdan oqqan suvni qadri yo‘q". "Barselona" "Atletiko"ga chempionlikni sovg‘a qildi

"Oldingdan oqqan suvni qadri yo‘q". "Barselona" "Atletiko"ga chempionlikni sovg‘a qildi

Baho:
+ | -

Shiddatli va ancha qiziqarli o‘tgan La Liga o‘z yakuniga yetdi. Mazkur mavsumda grand jamoalar o‘zaro yaxshi darajada raqobat olib bordi. "Barselona" va "Real Madrid"ning hukmronligi barham topdi. "Atletiko" mavsumdagi ko‘tarilish va tushishlardan so‘ng baribir chempion bo‘la oldi. "Matraschilar"ning chempion bo‘lishida Simione, futbolchilar va har bir klub a’zosining roli katta bo‘ldi. Shuningdek, Kataloniya super klubidan kelib qo‘shilgan Suaresning ham mazkur chempionlikda hissasi ulkan. "Barselona" mavsum avvalida o‘z "gol mashinasini" Madrid klubiga sovg‘a qildi. Bu esa klub transfer siyosatining qanchalik noto‘g‘ri ishlaganidan dalolat beradi.

Suaresning ko‘z yoshi

Chempionlik qo‘lga kiritib bo‘lingach urugvaylik hujumchi ko‘z yoshlarini tiyib tura olmadi. Bu quvonch aralash alam ko‘z yoshlari edi. Unga "ko‘k-anorranglilar tarkibida ishonch bildirishmagan edi va uni keraksiz, davri o‘tgan futbolchi deb hisoblashayotgan edi. Aslida, Luis hamon o‘sha darajada va gollar urishda davom etmoqda. So‘nggi ikki turda uning gollari evaziga madridliklar g‘alabani qo‘lga kiritdi va u qanchalik darajada kurashuvchan ekanligini isbotlab qo‘ydi. Aynan "Barsa"ga mana shunday futbolchi yetishmadi. Xullas, Suaresning ko‘z yoshlari, "Atletiko"ning chempion bo‘lishi, hammasi ajoyib. La Liganing bu mavsumi huddi "Bollivud" filmlariday bo‘ldi. Qasos, kurash, alamzadalik, ko‘z yoshlar va eng muhimi insonni larzalantirib yuboradigan hotima barcha-barchasi shu mavsumda mujassam edi.

Agarlardan foyda yo‘q

"Agar, Luis "Barselona"da bo‘lganida va shu gollarini o‘zi uzoq yil to‘p tepgan klubi safida kiritganida balki, biz bu mavsumda Kataloniya klubi chempionlikni qo‘lga kiritar edi, ammo reallik shuki, u "Atletiko" safida va u bu klubni chempion qildi. Xa, haqiqat huddi shunday. Kataloniyaliklar mavsum avvalida Luisni sotdi va ular yosh Fatiga ishonch bildirayotgan edi, ammo 18 yoshli iqtidor egasi jarohat oldi va noyabr oyidan buyon maydonga tusha olmadi. Klubda hujumda muammolar paydo bo‘la boshladi. Vaziyatlardan foydalanish darajasi past edi. Shuningdek, tarkibda har qanday himoyachini havfda ushlab turuvchi va yaxshi ochila oladigan hujumchining yo‘qligi ham yaqqol bilindi. Qisqa qilib aytganda "nayzaning uchi" o‘tkir emas edi. Agar, Suares jamoada bo‘lganida bu kabi muammolar kuzatilmagan bo‘lar edi, ammo agarlardan endi umuman foyda yo‘q.

Bartameuning qarorlari o‘z "mevasini" berishda davom etmoqda

«Men o‘tgan yozda og‘ir vaziyatni boshdan o‘tkazdim. Meni yerga urishgandi. «Atletiko» esa menga eshiklarini ochdi va o‘z darajamni ko‘rsatish uchun imkoniyat berdi. Bu mavsum men uchun hammasidan ham qiyin o‘tdi». 33 yoshli hujumchi o‘yindan so‘ng mazkur fikrlarni aytib o‘tdi. Bilish mumkinki, u hamon "Barselona"ni yaxshi ko‘radi. Chempionlikdan so‘ng nimanidir isbotlagan shaxs sifatida o‘z ijtimoiy tarmog‘ida qandaydir post qoldirsa yoki shunga o‘xshash tarzda intervyu bersa bo‘lar edi, ammo u shunchaki yig‘ladi va o‘zini kamsitilganidan xafa bo‘ldi. Shunday qilib, qasos olindi. Messining o‘zi ham Suaresning ketganidan qanchalik hayratga tushganini aytgan edi. "Barselona"da u paytlari nima yaxshi va nima yomonligini his qilmaydigan rahbariyat ishlar edi. Janobi oliylari Bartameu qancha xato qilishning imkoni bo‘lsa, bu imkoniyatning hammasidan foydalandi. Uning xatolari hamon o‘z "mevasini" berishda davom etmoqda.

 

                                                                              Xudayqulov KARIM tayyorladi

 

 

Kiritildi: 15:53, 23.05.2021.
O'qildi: 5525 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.