Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

APL. Angliya chempioni «Everton»ni mag‘lub etib, mavsumni g‘alaba bilan tugatdi

APL. Angliya chempioni «Everton»ni mag‘lub etib, mavsumni g‘alaba bilan tugatdi

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasi, so‘nggi 38-turidan o‘rin olgan bahsda «Manchester Siti» o‘z maydonida «Everton»ni qabul qildi. «Etixad» o‘ingohida kechgan bahsda mezbonlar 5:0 hisobida zafar quchishdi.

Dastlab, maydon egalari o‘yin avvalida ikkita gol urib, birinchi taymni g‘alaba bilan yakunlashdi. Ikkinchi bo‘limda esa mezbonlar yana bir bor raqib darvozasini yana 3 bor ishg‘ol etib, hisobni yirik ko‘rinishga olib kelishdi.

Shu tariqa, bugungi uchrashuvdan so‘ng, «Shaharliklar» ochkolari sonini 86 taga yetkazib, mavsumni turnir jadvalida peshqadam sifatida yakunladi. «Everton» esa 59 ochko bilan o‘ninchi o‘rinda qoldi.

«Manchester Siti» – «Everton» 5:0 (2:0, 3:0)
«Etixad Stedium»

Gollar: 1:0 – 11 de Bryuyne, 2:0 – 14 Gabriel Jezus, 3:0 – 53 Foden, 4:0 – 71 Aguero, 5:0 – 76 Aguero.

«Manchester Siti»– Ederson, Ruben Diash, Uoker, Stounz, Zinchenko, Foden (Rodri, 56), Fernandinyo, Sterling, de Bryuyne, Marez (Aguero, 65), Gabriel Jezus (Ferran Torres, 74).

«Everton» – Pikford, Godfri, Din, Kin, Xolgeyt, Sigurdsson (Bernard, 59), Dukure (Ivobi, 57), Devis, Allan, Risharlison (Nkunku, 78), Kelvert-Lyuin.

Ogohlantirishlar: Risharlison (7), Xolgeyt (22), Ruben Diash (35), Sterling (68).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:07, 23.05.2021.
O'qildi: 3552 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик