Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 16:30 Cremonese 0-2 Milan
01/03 18:00 Elche 2-2 Espanyol
01/03 19:00 OKMK 0-1 Bunyodkor
01/03 19:00 Fulhem 2-1 Tottenhem
01/03 19:00 Man. Yunayted 2-1 Kristal Pelas
01/03 19:00 Sassuolo 2-1 Atalanta
01/03 19:00 Brayton 2-1 Nottingem Forest
01/03 19:15 Nasaf 1-0 Xorazm
01/03 20:15 Valensiya 1-0 Osasuna
01/03 21:30 Arsenal 2-1 Chelsi
01/03 22:00 Torino 2-0 Lasio
01/03 22:30 Betis 2-2 Sevilya
02/03 00:45 Roma 3-3 Yuventus
02/03 01:00 Jirona 1-2 Selta
02/03 22:30 Piza - Bolonya
03/03 00:45 Udineze - Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid - Xetafe

Suares “Atletiko” uchun Messi “Barselona”ga bo‘lganidan ko‘ra muhimroq. Raqamlar buni isbotlamoqda

Suares “Atletiko” uchun Messi “Barselona”ga bo‘lganidan ko‘ra muhimroq. Raqamlar buni isbotlamoqda

Baho:
+ | -

Luis Suares — 2020/2021-yilgi mavsumning bosh qahramoni bo‘lib, tarixga kirdi (har holda Ispaniyada shundayligiga hech kimda hech qanday shubha yo‘q). Urugvaylik hujumchining “Atletiko”ning La Ligada chempion bo‘lishida hissasi beqiyos bo‘ldi. Kuchli beshlik chempionatlarida hech bir hujumchi Suares kabi o‘z jamoasi o‘yiniga kuchli ta’sir o‘tkaza olgani yo‘q. Isbot? Marhamat!

Suaresning “Atletiko” g‘alabasiga qo‘shgan hissasini ko‘rsatadigan asosiy ko‘rsatkich, bu shubhasiz, g‘alaba gollaridir. To‘g‘ri, urugvaylik futbolchi 2020/2021-yilgi mavsumda ko‘p gol urolmadi (atigi 21 ta), ammo shu gollardan teng yarmi yakunda jamoaga g‘alaba keltirdi.

Hal qiluvchi gollar soni bo‘yicha Suares top-5 ligalardagi barcha hujumchilarni ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ldi. Taqqoslash uchun, Robert Levandovskida bu ko‘rsatkich 10 taga teng, “Sevilya” hujumchisi Yusuf en-Nesirida esa 9 ta. Karim Benzema va Krishtianu Ronaldu 8 tadan g‘alaba goliga mualliflik qilgan bo‘lsa, Lionel Messi hamda Kilian Mbappe atigi 7 ta bilan cheklandi.

Vaziyatlardan foydalanish

 

La Liga o‘yinlarida Suares raqib darvozasiga 104 marta zarba berdi. Zarbalarning aniqligi esa 20 foizni tashkil etdi, ya’ni o‘rtacha har beshinchi zarba golga aylangan. Messi esa deyarli ikki baravar ko‘proq zarba bergan — 196 marta. Leoning gollari ham Suaresnikidan ko‘proq (30 ta). Ammo ularning samaralilik darajasi Luisniki bilan solishtirilganda sezilarli darajada past — 15,3%.

Darvoza tomon tomon kamida 100 marta zarba bergan futbolchilardan (Evropada) faqat ikki nafari Suaresdan yaxshiroq natija ko‘rsatgan: Kilian Mbappe (25,7%) va Robert Levandovski (29,9%). Yana bir daho Ronalduda esa bu ko‘rsatkich atigi 17,2 foizni tashkil etdi — uning 168 ta zarbasidan bor-yo‘g‘i 29 tasi gol bilan yakunlangan.

Suaresning ushbu mavsumni ajoyib o‘tkazganini tasdiqlovchi yana bir nechta raqam va faktlar:

Suares uch yil ichida ilk marta Ispaniya chempionatida 20+ gol urdi;
Suares 2015/16-yilgi mavsumdan beri Ispaniya La Ligasida “Atletiko” safida kamida 20 ta gol ilk o‘yinchi bo‘ldi. O‘shanda hozir “Barselona”da o‘ynayotgan Antuan Grizmann 22 ta gol urgandi.
Suares “Atletiko”ning umumiy gollarining deyarli uchdan bir qismini urdi — 67 tadan 21 ta (31,3%). Bungacha uning eng yaxshi natijasi 2015/2016-yilgi mavsumda, “Barsa” tarkibida o‘ynagan kezlari kuzatilgandi — (35,7%).

Manba: Daryo.uz
Kiritildi: 18:51, 24.05.2021.
O'qildi: 3246 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.