«Chelsi» vingeri Kallum Hudson-Odoi London klubini tark etishni rejalashtirmayapti, deya xabar beradi Goal.
O‘tgan mavsum futbolchi juda oz vaqtini maydonda o‘tkazdi. Ushbu fonda, «ko‘klar» futbolchini sotishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqaldi.
So‘nggi xabarlarga ko‘ra, «Chelsi» o‘z tarbiyalanuvchisi bilan erta xayrlashmoqchi emas. Futbolchining o‘zi ham London klubida qolishni istamoqda.
20 yoshli vinger o‘tgan mavsum 5 ta gol va 5 ta golli uzatma bilan barcha musobaqalarda 37 uchrashuv o‘tkazgan.