Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/09 00:00 Selta 0-1 Atletiko
27/09 17:00 Qizilqum 1-0 Metallurg
27/09 17:30 Tailand 2-5 Fransiya
27/09 19:15 OKMK 1-0 Lokomotiv
27/09 20:00 Argentina 2-0 Xorvatiya
27/09 23:45 Milan 3-0 Lechche
28/09 00:00 Valyadolid 1-2 Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl 1-1 Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe 2-0 Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor 2-2 Nasaf
28/09 18:00 Udineze 2-3 Inter
28/09 19:00 Arsenal - Lester
28/09 19:00 Brentford - Vest Xem
28/09 19:00 Everton 2-1 Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
28/09 19:00 Chelsi 4-2 Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano - Leganes
28/09 21:00 Jenoa - Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad - Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton - Liverpul
28/09 23:45 Bolonya - Atalanta
29/09 00:00 Osasuna - Barselona
29/09 15:30 Torino - Lasio
29/09 17:00 Selta - Jirona
29/09 18:00 Roma - Venetsiya
29/09 18:00 Komo - Verona
29/09 18:00 Ipsvich - Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao - Sevilya
29/09 20:30 Man. Yunayted - Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid

Nima deb o‘ylaysiz? Neymar qanday futbolchi?

Nima deb o‘ylaysiz? Neymar qanday futbolchi?

Baho:
+1 | -

Sevish qiyin bo‘lgan ajoyib o‘yinchi.

Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu butun dunyo bo‘ylab odamlarni birlashtirganligi bilan deyarli hech kim bahslasha olmaydi. Agar kimdir Messiga qarshi bo‘lsa, demak u allaqachon portugaliyalik futbol yulduzining maydondagi harakatlariga lol qolib ulgurgan bo‘ladi yoki aksincha. Bunday bahslar jahon futboli uchun odatiy hisoblanadi. Pele yoki Maradona, Menotti yoki Bilardo, Mourinyo yoki Gvardiola. Siz o‘zingizga yoqqanini maqtaysiz, boshqasini esa so‘zlaringiz bilan loyga burkaysiz.

Neymar katta sahnaga chiqqunga qadar hammasi oddiy edi va “Neymar butun dunyoga qarshi“ deb nomlangan qo‘shtirnoq ichidagi serial boshlangunga qadar ham doim shunday bo‘lgan. Serial o‘zgacha ssenariyda ya’ni u Ronaldu va Messi kabi o‘zga sayyoradan kelmagan,balki ularning qilgan ishlariga(futbol maydonidagi) qarshi chiqqan. Yangi futbol erasidagi yulduzlarga Neymarchalik hech bir futbolchi raqobat qilmagan.

Bema’nilik, siz shunday dedingiz? Keling, faqat Twitterga nazar solib ko‘ramiz. Hozir emas, unda qachon PSJ Chempionlar ligasida “Bavariya“ga qarshi o‘ynamoqda va Neymar o‘ziga xos sehrini namoyish qilmoqda. Ammo deyarli barcha sharhlovchilar bunga befarq, hatto salbiy fikr bildirganlari ham bor.

Raqib uni chalib yiqitadi, lekin biz darrov uni maysaga yotish istagi bilan ayblay boshlaymiz.Qachondir u shunaqa bo‘lgandir ham lekin hozir u o‘zgargan . Markinyosga qilingan uzatma shunchaki super emasmi? Tasavvur qiling, agar bunday to‘pni Messi oshirganda bormi uning iste’dodi yanada maqtalgan bo‘lardi.

«Bavariya» bilan javob uchrashuvidan so‘ng Neymar haqida juda iliq gaplar bo‘ldi, lekin yana uning kamchiliklarini gapirib chiqadiganlar topildi. CBS Sports telekanalida Piter Shmeyxel uni juda ko‘p fint qilishda, har qanday vaziyatda ham o‘z-o‘zini ko‘rsatishga harakat qilishda aybladi.

Oktyabr oyida Martin Keoun Neymarni “Manchester Yunayted“ ning g‘alaba golini kiritishida ayblagan. Ingliz tilida so‘zlashadigan insonlar dunyosida u boshqa tanqidlarga ham loyiq ko‘rilgan. U futbolchi sifatida ham, shaxs sifatida ham idealdan yiroq.Ammo o‘sha seshanba kuni ko‘pchilik uchun uning obro‘si yutuqlaridan ko‘ra muhimroq ekanligi har qachongidan ham ravshanroq tushunib yetdi. Neymar “Bavariya“ ga qarshi ikkala uchrashuvda ham aql bovar qilmas o‘yin ko‘rsatdi.Ammo biz buni payqashdan bosh tortdik.
Keling, tajriba o‘tkazamiz.Bir futbolchini tasavvur qiling.U Braziliyadan va shunga yarasha o‘ynaydi. U juda texnik, har kimdan ustun kelishga qodir. U chiroyli gollar uradi va ajoyib golli uzatmani amalga oshira oladi. Uning oyog‘ida oq butsa, futbolkasida 10 raqami bor. U hech qachon, hattoki muhim uchrashuvlarda ham maydonda yo‘qolib qolmaydi va har qanday bosimda ham zavqlanishini ko‘rish mumkin.

Tabriklaymiz, siz o‘zingizga Neymarni tanishtirdingiz! Ha, aynan o‘sha Tomas Myuller va Kimmixni yosh bolalarcha aldab o‘tib Pavarning oyoqlari orasidan to‘pni darvozaga kiritgan Neymar. Agar sizga bunday futbolchining maydonda qilayotgan g‘oyasi yoqsa, albatta, Neymarning o‘yinidan zavqlanishingiz kerak. Ammo ...


Messi va Ronaldudan tashqari, qarama-qarshiliklar juda ko‘p. Kevin De Bryuyne yoki Levandovskini nima uchun muxlislar yomon ko‘rishmaydi.
Ammo nega Neymar bu qadar negativ fikrlarga duchor bo‘laveradi ?
Neymarning futbol maydonidan tashqaridagi professionalligiga shubha bilan qarash mumkin, ammo Ronaldinyo Romario va boshqa ko‘plab braziliyaliklar xuddi shu tarzda tunda ko‘ngil xushlik qilishgan. Neymar har kuni kechqurun soat sakkizda uxlasa, uni ko‘proq hurmat qilishadimi? Ehtimol, lekin bu uning ishi.Uning axloqiy tomonlariga baho berish bizning ishimiz emas.

Biroz mavzudan chetlashamiz. “Barselona“ da Neymar jamoaviy o‘yinchi deb hisoblanardi, ammo “PSJ“ ko‘pincha birdam jamoadek ko‘rinmasdi. O‘tgan yili ham fransuzlar finalga chiqqanlarida, hujumning nima ekanligini aniq anglab yetishmagandi va “to‘rtta himoyachi va plyus Nermay “ Tomas Tuxelning asosiy taktikasi bo‘lib tuyulgandi. Braziliya terma jamoasida ham xuddi shunday: Neymar mas’uliyatdan qochmaydi, buning natijasida jamoa o‘yini uning atrofida quriladi.
Keyinchalik hammasi o‘zgara boshladi. Neymar va Mbappe o‘rtasida bir-birlarini tushunish paydo bo‘ldi, chunki endi ikkalasi ham maydon markazidan o‘ynashmoqda. Fransuz raqib himoyachilarini orqaga tortib, imkoniyatlarni yaratadi va berilgan paslarga javob beradi. Mbappe o‘zini qanchalik yaxshi ko‘rsatsa, uning fonida Neymar shunchalik yaxshi ko‘rinishi tabiiy bu uning xudbin emasligini ko‘rsatib beradi.
Albatta, uning PSJda o‘ynashining o‘zi unga qarshi. U neytral tomoshabinlar orasida unchalik mashhur bo‘lmagan, tashqi tomondan ta’sir o‘tkazish va sarmoya kiritish orqali Yevropa futbolida ustunlik qilishga intilayotgan jamoaning asosiy yuzi bo‘lgan va shunday bo‘lib qolmoqda. Neymarning o‘zi chetda qolishdan zerikgani uchun va uni deyarli sportda hech kimga munosib bo‘lmagan maosh o‘ziga jalb qilgani, futbol tarixidagi eng yaxshi hujum uchligining bir qismi bo‘lishdan bosh tortdi.

Siz juda ko‘p bahslashishingiz mumkin, ammo to‘rtinchi yil davomida bitta dalil dolzarb bo‘lib qolmoqda. Liga 1 Neymar darajasidagi futbolchi uchun o‘ziga xos oltin qafas kabi ko‘rinishda davom etishiga qaramay, Yevropada o‘zgarishlar yuz berdi. “Barselona“ Chempionlar Ligasi yarim finaliga braziliyalik ketganidan keyin bir marta, PSJ esa ikki marotaba yo‘l oldi. Neymar kataloniyaliklar bunchalar tez qulashini taxmin qila olmasdi, ammo u garov tikdi va yutqazmadi.

Agar u «Barselonada» qolganida, u ko‘proq mashhur bo‘larmidi? Ehtimol. Ammo xuddi shu tarzda, u himoyachilarni aldashni to‘xtatib, o‘z zavqi uchun o‘ynashni va qahramonlik qilishni to‘xtatsa, u ko‘proq mashhur bo‘lar edi. Boshqacha aytganda, u Neymar bo‘lishni to‘xtatgan bo‘lardi. Ehtimol, qachondir bu fikr tanqidchilarni tinchlantiradi. Qolgan futbol muxlislari esa ajoyib futbolchining ajoyib o‘yinidan zavq olishda davom etishlari mumkin.

Kiritildi: 21:08, 28.05.2021.
O'qildi: 1933 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.