Kirish Ro'yxatdan o'tish

Depay «Barselona»da qancha maosh olishi ma’lum bo‘ldi

Depay «Barselona»da qancha maosh olishi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Niderlandiya terma jamoasi hujumchisi Memfis Depay faoliyatini «Barselona»da davom ettirishga yaqin turibdi.

Jurnalist Nikolo Skira tarqatgan xabarga ko‘ra, 27 yoshli futbolchi "ko‘k-anorranglilar" bilan 3 yilga mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekadi va yiliga 5 million yevro maosh ola boshlaydi. Bundan tashqari, shartnomada turli bonuslar ham nazarda tutiladi.

Depay bilan shartnoma imzolangani haqidagi xabar kelgusi haftada e’lon qilinishi kutilmoqda. Niderlandiyalik futbolchi "Barsa"ga erkin agent sifatida o‘tadi. Uning «Lion» bilan shartnomasi yakunlanishiga bir oydan kamroq vaqt qoldi.

Depay Fransiya chempionatining yakunlangan mavsumida 37ta o‘yinda maydonga tushib, 20ta gol va 12ta assist muallifiga aylandi.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 08:52, 05.06.2021.
O'qildi: 5895 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик