Nufuzli insayder Nikolo Skiraning yozishicha, Olivye Jiru «Chelsi» bilan o‘zaro tovon puli shartlarisiz ketishga rozi bo‘ldi.
Londonliklar futbolchini istalgan chet el klubiga qo‘yib yuborishga tayyor. Biroq rahbariyat uni Premyer-ligaga qo‘yib yubormaydi.
Jiru uchun asosiy davogar - bu "Milan". Insayderning ta’kidlashicha, Olivye allaqachon ikki yilga mo‘ljallangan to‘rt million yevrolik maosh bilan shartnoma taklifini olgan.
Tez orada ushbu moliyaviy bayonot tasdiqlanishi mumkin. Tomas Tuxel fransuz forvardiga ishonmayapti.