Uels terma jamoasi hujumchisi Garet Beyl Turkiyaga qarshi bahsning eng faol futbolchilaridan biri bo‘ldi. U jamoasining 2ta goliga assistentlik qildi.
Bundan tashqari, Uels termasi sardori penalti ishladi va uni o‘zi amalga oshirdi. Ammo uning zarbasidan so‘ng to‘p ancha yuqoridan o‘tib ketdi.