Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

«Lester» Vardiga o‘rinbosar topdi

«Lester» Vardiga o‘rinbosar topdi

Baho:
+ | -

«Tulkilar» «RB Zalsburg» hujumchisi Patson Dakaning transferini amalga oshirishga yaqin turibdi.

Bu haqda 22 yoshli zambiyalik hujumchining o‘zi Goalga bergan intervyusida bayon qildi.

«Men Angliyaga, «Lester»ga ko‘chib o‘tmoqdaman. «Zalsburg» mening ikkinchi uyimga aylangandi, men bu yerda ajoyib vaqt o‘tkazdim, ammo o‘zgarishning ham payti keldi. Premyer-ligada o‘ynash har doim mening orzuim bo‘lib kelgan», - deydi Daka.

Dakaning transferi «Lester»ga 30 million yevroga tushishi taxmin qilinyapti, bu Avstriya chempionatining yangi transfer rekordi hisoblanadi.

Daka o‘tgan mavsum chempionatning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi. Uning hisobida 28 uchrashuvda 27 ta gol mavjud. «Lester»da Patson 34 yoshli Jeymi Vardi o‘rnini to‘ldirmoqchi.

Kiritildi: 15:42, 26.06.2021.
O'qildi: 2502 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик