Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu Yevro-2020 nimchorak final bosqichi doirasida bo‘lib Belgiyaga qarshi o‘yindan keyin hafsalasi pir bo‘ldi.
U bilagidagi bog‘ichini yechdi va uni maydonga uloqtirdi.
Ronaldu avvalroq ham shunday ishga qo‘l urgandi. JCH-2022 saralash bosqichida Serbiyaga qarshi o‘tkazilgan bahs so‘ngida hakam uning golini inobatga olmagani uchun sardorlik bog‘ichini yerga otgandi.