«Inter» o‘z himoyachisi Aleksandr Kolarovni klubida olib qolish niyatida.
Manbaning xabariga ko‘ra, 35 yoshli serb klub bilan bir yillik muddatga yangi shartnoma tuzishga yaqin . Biroq, futbolchining maoshi mavsum uchun 3 million yevrodan 1,5 milliongacha kamayadi.
Oldinroq, «Bolonya» futbolchini erkin agent sifatida sotib olishga tayyor edi.