Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter 1-1 Verona
17/05 19:00 Everton 1-3 Sanderlend
17/05 19:00 Brentford 2-2 Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids 1-0 Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Mourinyo: «Agar Angliya Germaniyani mag‘lub etsa, ular finalgacha yetib bora olishadi»

Mourinyo: «Agar Angliya Germaniyani mag‘lub etsa, ular finalgacha yetib bora olishadi»

Baho:
+ | -

Portugaliya terma jamoasi nimchorak finalda Belgiyaga mag‘lub bo‘lganidan keyin, Joze Mourinyo Angliyaga muxlislik qilishini ma’lum qildi. U «The Sun» nashriga bergan itervyusida o‘zining bu boradagi tahminlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Agarda Angliya Germaniya bilan bahsda g‘olib chiqsa, ular finalgacha yetib bora oladi. Men Xarri Keynni Yevropa kubogini qo‘lga kiritishini ko‘rishni xohlayman. Shaxsan men uchun bu o‘yin nimchorak emas balki yarim final bahsiga teng. Kim yutishidan qat’iy nazar o‘yin o‘ta shiddatli o‘tadi. Angliya bugungi o‘yinni yutsa, chorak finalda Shvesiya yoki Ukraina bilan, undan keyingi bosqichda esa Chexiya yoxud Daniya bilan to‘qnash keladi. To‘rttala jamoaga xam hurmatni saqlagan holda aytishim mumkinki, bugungi Angliya termasining salohiyati yukoridagi terma jamoalarni mag‘lub qilish uchun bemalol yetadi. Barchasi murabbiy Garet Sautgeytning tanlovlariga bog‘liq.

To‘g‘ri, kelajakni oldindan ayta olmayman. Lekin tarixda xar hil holatlar bo‘lgan. Ayrimlar «Angliyani penaltilar seriyasida omadsiz jamoa deyishadi. Bo‘lmagan gap! Masalan, 2018 yilgi mundialda Angliya Kolumbiyani aynan penaltilar seriyasida mag‘lub etgan edi. Albatta, bu bilan Germaniyadan qo‘rqmaslik kerak deya olmayman. Nemislarda doimo kuchli ruhiy tayyorgarlik bo‘lgan. Qolaversa, ular uzoq yillardan buyon yozgi turnirlarda ideal sport formasidagi futbolchilar bilan ishtirok etishadi.

Ammo so‘nggi paytlardagi natijalariga qaraydigan bo‘lsak, omadsiz o‘yinlari ko‘payib qolgan. Masalan, Millatlar ligasida Ispaniyaga 6-0 hisobida mag‘lub bo‘lishdi va kutilmagan holda Shimoliy Makedoniyaga JCHga saralash bahslarida o‘z uyida imkoniyatni boy berdi. Shunga qaramasdan, Yoaxim Lyov termani boshqarishda davom etdi. Joriy musobaqa o‘tgach esa o‘rnini Hansi Flikka bo‘shatib berishini e’lon qildi.

Germaniya qanchalik shakllangan jamoa bo‘lmasin, hozirgi kunda old chiziqda super hujumchisi mavjud emas. Angliyaning himoyasi esa hozirgi nemislar jamoasi uchun yetarlicha mustahkam. Angliya guruh bosqichi davomida 3 ta asosiy himoyachi va qanot himoyachilari bilan o‘ynadi. Bu to‘g‘ri yo‘l edi. 3 ta o‘yinda birorta gol o‘tkazib yubormagani buning isboti. Oxirgi paytlarda, Germaniya tarkibida muvozanatni ushlab turuvchi futbolchilar Kimmix va Gosens bo‘lib qolmoqda. Portugaliya bilan o‘yinda ham ko‘rindiki, nemislarning qanot himoyachilari o‘z raqibini mag‘lub etishda katta rol o‘ynadi.

Keyn, Maunt, Rahim Sterling kabi hujumchilar bilan «nemis mashinasi»ni ishdan chiqarish mumkin. Xarxolda, men bunga ishonaman!

Jaloliddin Ismatov

Kiritildi: 14:18, 29.06.2021.
O'qildi: 4091 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик