Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

To‘rt munosib nomzod. YEVROda qaysi jamoa g‘olib bo‘ladi? (3-qism)

To‘rt munosib nomzod. YEVROda qaysi jamoa g‘olib bo‘ladi? (3-qism)

Baho:
+ | -

Avvalroq biz bu ruknda Italiya va Ispaniya terma jamoalari haqida qisqa to‘xtalib o‘tgan edik. Bugun har ikkisi o‘zaro to‘qnash keladi. Navbat yana bir yarimfinalchi, g‘oliblikka yana bir munosib nomzodga yetib keldi. ANGLIYA!

The Three Lions

Garet Sautgeyt Ukrainaga qarshi uchrashuvda adekvat murabbiy ekanini ko‘rsatdi. “Endi shu ukrainlarga qarshi o‘yinda ham ehtiyot bo‘lsa juda o‘tib tushardi”, - deyishingiz mumkin. Ammo uni o‘ta progmatik, juda ehtiyotkor o‘yin ko‘rsatayotgani ko‘p ta’kidlansada, murabbiy kerak o‘rinda kuchni ko‘rsatishi mumkinligini ham isbotladi. Bu yaxshi.  

Hozircha inglizlar darvozasiga turnir mobaynida 42 ta zarba yo‘llangan bo‘lsada Pikford hali gol o‘tkazib yubormadi. Umuman olganda, so‘nggi 10 uchrashuvda birgina gol o‘tkazib yuborgan Angliya terma jamoasining himoyasi hozir o‘z hududidan ko‘ra hujumda ko‘proq maqtalmoqda. Manchester shahri vakillari – Maguayr, Shou, Stounz va Uolker ajoyib samaradorlik namoyish qilayotgani bor gap. Bundan tashqari, nemislarga qarshi uchrashuvdan ham ko‘rdik-ki, Trippyer ham bu to‘rtlik hosil qilayotgan tasvirga oson singib ketadi. Bu yigitlarning, ayniqsa Shouning o‘z qanoti bo‘ylab bemalol harakat qilishida tayanchdagi futbolchilar qilayotgan mehnatning o‘rnida beqiyos.

Nazdimda Kelvin Fillipsga o‘yinlarning birida Xayrulla Hamidov to‘g‘ri tarif berdi. U qaysi klubdan, qaysi murabbiydan terma jamoaga kelib qo‘shilganini unutmaslik lozim. Boshi to‘la o‘yin sxemalari-yu, teoretik tenglamalar bo‘lsa ne ajab. Deklan Rays ham qolishmaydi. Qarorlarning tez qabul qilinishi, raqib harakati uchun noqulaylik tug‘dirib, maydonni zichlashtirib yuborish, o‘zidan avvalgi o‘ta kreativ hujumorti vakillarining ishiga ko‘p ham aralashavermaslik va boshqa fazilatlar bilan ajralib turibdi Rays-Fillips dueti. Men bu juftlikka pozisiyasida raqobat qilishi mumkin bo‘lgan birgina boshqa juftlikni ko‘ryapman. Biroz boshqacharoq o‘yin sxemasidan foydalansada – Italiyadagi Jorjinyo-Veratti markazigina ulardan ustunroq bo‘lishi mumkin. Lekin buni ham hali amalda tekshirib olish zarur.

Harri Keynni sof hujumchi deb hisoblash bu turnirda bir necha terma jamoaga pand berdi. Xavf kutilmaganda Sterlingdan kelmoqda. Ukrainaga qarshi o‘yinda inglizlar barchani qo‘rqitib qo‘yishdi. 90-yillarda juda moda bo‘lgan havodagi mutlaq ustunlik kuzatildi ularda. Bungacha esa hujumlar mayda paslar va Rahimning chaqqonlik bilan jarima maydoni ichiga kirib ketishi bilan yodda qolayotgandi. Endi Sautgeyt Daniyaga qarshi qaysi uslubdan foydalanadi? O‘zi umuman, bitta o‘yinda bitta uslubdan foydalanishga majburmi Angliya? O‘ylashimcha, yo‘q, unday emas.

Yana bir gap. Angliya hozircha qolgan uch jamoadan farqli ravishda zaif nuqtasini ko‘rsatmagan yagona jamoa, menimcha. Daniya bu nuqtani topib, undan o‘z manfaati yo‘lida foydalana oladimi, yo‘qmi... buni birga aniqlab olamiz.

Keyingi fikrlar aynan Daniyaga ataladi.

Orif Tolipov.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 21:10, 06.07.2021.
O'qildi: 3242 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.