Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

To‘purar Ronaldu, eng ko‘p avtogol va 45,4 metrlik gol yoxud Yevro-2020da qayd etilgan rekordlar

To‘purar Ronaldu, eng ko‘p avtogol va 45,4 metrlik gol yoxud Yevro-2020da qayd etilgan rekordlar

Baho:
+ | -

Mana biz har 4 yilda orziqib kutadigan Yevropa chempionatining yakunlanishiga ham ikki uchrashuv qoldi. Joriy yilgi musobaqa avvalgilaridan boshqacharoq o‘tdi desak adashmaymiz. Sababi, yarim finalgacha musobaqada o‘nga yaqin rekordlar qayd etilib bo‘ldi. Hozir esa biz sizlar bilan Yevro-2020 musobaqasida o‘rnatilgan rekord natijalar haqida suhbatlashamiz.

1. Krishtianu Ronaldu - Yevropa chempionatlari tarixidagi yangi eng yaxshi to‘purar

Yevro-2020 boshlanishidan oldin ikki futbolchida Yevropa chempionati tarixida 9 ta gol urib to‘purarlik pooygasida yetakchilik qilayotgan edi. Bular — Mishel Platini va Krishtianu Ronaldu. Platini o‘zining barcha gollarini Yevro-1984da urgan bo‘lsa, Krishtianu Ronaldu Yevro-2004da 2 ta gol bilan boshlagan, keyin Yevro-2008da 1 ta, Yevro-2012 va Yevro-2016da 3 tadan gol urgan. Yevro-2020da portugaliyalik guruh bosqichining o‘zida raqiblar darvozasiga 5 marotaba gol urishga erishdi va Yevropa chempionati tarixidagi umumiy gollar sonini 14 taga yetkazib oldi. Ronalduning ushbu natijasini yangilash ko‘p mehnat talab qiladi va KriRoning ushbu rekordi yaqin yillarda o‘zgarishini taxmin ham qilib bo‘lmasa kerak.

Bonus: Shuningdek, Krishtianu 45 ta gol bilan Yevropa chempionati saralash bosqichining eng yaxshi to‘purari ham hisoblanadi. Portugaliyalikdan keyin ikkinchi o‘rinda Zlatan Ibragimovich joy olgan. Shvesiyalik futbolchi hisobidagi gollar soni 20 tani tashkil qiladi.

2. Krishtianu Ronaldu beshta Yevropa chempionatida o‘ynagan birinchi futbolchi

Ushbu mavsumda Ronaldu har qanday futbolchi orzu qiladigan rekordni qayd etdi. Ya’ni Krigtianu 5ta Yevropa chempionatida qatnashgan ilk futbolchiga aylandi. Hozirgi kunga qadar 21 nafar futbolchi to‘rtta Yevroda o‘ynagan. Jorjinyo Kyellini, Sebastian Larsson, Luka Modrich, Joau Moutinyo va Pepe kabi charm to‘p ustalari ushbu natijaga joriy yilgi musobaqada erishdi. O‘z navbatida, Krishtianu Ronaldu beshinchi Yevropa chempionatida o‘ynadi va ushu natija keyingi musobaqalarda yangilanadimi, yoki yo‘qmi bu noma’lum.

Bonus: Shuningdek, Ronaldu, Yevropa chempionati final bosqichlarida eng ko‘p (25) o‘yin o‘tkazish, qolaversa, saralash bosqichlarida o‘ynash bo‘yicha (60) rekordchi hisoblanadi. Mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha, Krishtianuning eng yaqin ta’qibchisi — Buffon (58 o‘yin). Ammo, italiyalik kiper terma jamoadagi karyerasini tugatganini hisobga olsak, portugaliyalikning natijasi yaqin yillargacha o‘zgarishsiz qoladi.

3. Avtogollar bo‘yicha rekord.

Birinchi marta Yevropa chempionatida avtogollar bo‘yicha rekord ko‘rsatkich qayd etildi. Musobaqadagi ilk avtogol Turkiya terma jamoasi futbolchisi Merix Demiral tomonidan kiritildi. Turkiya va Italiya jamoalari o‘rtasidagi bahs mazkur seriyani boshlab berdi. Shundan keyin, chempionatda ketma-ket o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘yish kabi holatlar kuzatildi. Yarim final arafasida esa ularning soni 10 tani tashkil etadi va bu avvalgi Yevrolardagi barcha avtogollar yig‘indisidan oshib ketadi: 1960 yildan 2016 yilgacha o‘tkazilgan 15 ta turnirda futbolchilar atigi 9 marotaba o‘z darvozasiga to‘p kiritib yuborishgan edi.

4. Bitta o‘yinda jamoaning ikkita avtogol.

Hech qachon Yevropa chempionati tarixida bir jamoa bitta o‘yinda o‘z darvozasidan ikkita avtogol o‘tkazib yuborgan emas. Yevro-2020da bu ikki marotaba sodir bo‘ldi: Ruben Diash va Rafael Gerreyro Germaniyaga qarshi uchrashuvda o‘z darvozasiga gol kiritib yuborgan bo‘lsa, Slovakiya terma jamoasi futboolchilar Martin Dubravka va Yuray Kuska avtogol muallifiga aylanib, Ispaniyani yirik g‘alaba qozonishiga yordam bergan (5:0).

Bonus: 10ta avtogoldan 4tasida Ispaniya terma jamoasi qatnashgan bahslar hisoblanadi. Mazkur jamoaga qarshi o‘yinda, raqiblar 3 marta o‘z darvozalariga gol urishgan bo‘lsa, Xorvatiyaga qarshi 1/8 final o‘yinida Pedri Unai Simon qo‘riqlayotgan darvozaga gol urib, avtogol muallifiga aylangan.

5. Tarixdagi eng samarali Yevropa chempionati

Biz Yevro-2020 da 135 ta gol ko‘rdik, bu ko‘rsatkich yarim final va final uchrashuvlari oldidan (Kechagi Italiya va Ispaniya (1:1) bahsidan keyin Yevrodagi gollar soni 137tani tashkil qiladi) Albatta, ushbu natija Yevrodagi ishtirokchilar soni 24taga oshirilgani sabab bo‘lishi mumkin (ikki safardan beri Yevropa chempionatlarida 24 jamoa qatnashmoqda), ammo o‘rtacha har bir o‘yinda urilgan gollar soni bo‘yicha Yevro-2020 peshqadam bo‘lib turibdi: Yevro-2020 musobaqasida o‘rtacha bir o‘yinda 2.81 ta gol urilgan.

6. Bir klubning futbolchilari Yevropa chempionatida eng ko‘p gol urishi.

Yevro-1984 musobaqasida "Anderlext" futbolchilari, Yevro-2000da "Barselona" va Yevro-2012da "Real" futbolchilari eng ko‘p gol urishgan. Joriy Yevropa chempionatida "Atalanta"ning 5 nafar o‘yinchisi gol urdi: Aleksey Miranchuk (Rossiya), Yoakim Mexle (Daniya), Matteo Pessina (Italiya), Robin Gosens (Germaniya) va Mario Pashalich (Xorvatiya). Agar Ukraina terma jamoasi a’zosi Ruslan Malinovskiy Shimoliy Makedoniyaga qarshi o‘yinda penaltini aniq amalga oshirganida, "Atalanta" rekordni yakka o‘zi qo‘lga kiritgan bo‘lar edi. Ammo, hali Italiya terma jamoasining Rafael Toloi musobaqada qatnashmoqda. Demak hali umid bor.

7. Uzoq masofadan gol - 45,4 metr

Patrik Shik guruh bosqichida Shotlandiya darvozasiga ikki marta gol urdi, chexiyalik hujumchining ikkinchi goli esa rekord natijani yangilashga yetarli bo‘ldi: Patrik Devid Marshall darvozasini 45,4 metrdan zarba yo‘llab gol urdi. Oldingi Yevropa chempionatlarida hech kim bunday masofadan gol urmagan edi.

8. Yevro tarixidagi eng yosh futbolchi

Polsha terma jamoasi futbolchisi Kasper Kozlovski ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha rekordchiga aylandi. Qiziq tomoni shundaki, turnirda birinchi bo‘lib ingliz futbolchisi Jyud Bellingxem (17 yosh, 11 oy-u 15 kunligida Xorvatiyaga qarshi o‘yin) chempionat rekordini o‘rnatgandi, 5 kun o‘tib polshalik Kasper Kozlovski zaxiradan maydonga tushib, Yevrolar tarixida o‘ynagan eng yosh futbolchiga aylandi (17 yosh, 8 oy-u va 4 kunligida Ispaniyaga qarshi o‘yin).

9. Eng uzoq g‘alabali seriya

Chorak finalda Belgiya va Italiya to‘qnash kelganida, biz bu yerda rekord bo‘lishini allaqachon sezgan edik. Jamoalarning har biri saralash bosqichida 10 ta g‘alabani qo‘lga kiritgan va ikkala terma jamoa ham Yevro-2020 uchrashuvlarida ketma-ket 4 g‘alaba qozongan edi. "Qizil iblislar" va "Skuadra Adzurra" qarama-qarshiligida italiyaliklarning qo‘li baland keldi va Yevropa chempionati tarixida eng ko‘p davom etgan g‘alabali seriyani qayd etgan jamoaga aylanishdi.

10. "Oltin dubl" (klub + terma jamoa)

Tarixda atigi 12 nafar futbolchi bir yil ichida klub va milliy terma jamoa bilan Yevropada tengsizligini isbotlagan.

1964 yil: Luis Suares (Inter va Ispaniya)

1988 yil: Xans van Brekelen, Ronald Kuman, Berri van Arle, Djerald Vanenburg va Vim Kift (PSV va Gollandiya terma jamoasi)

2000 yil: Nikolas Anelka va Kristian Karambe ("Real" va Fransiya)

2012 yil: Fernando Torres va Xuan Mata ("Chelsi" va Ispaniya)

2016 yil: Krishtianu Ronaldu va Pepe ("Real" va Portugaliya)

Yevro-2020 yakunida ushbu ro‘yxat yanada kengayadi, chunki har bir yarim finalchi va kecha final yo‘llanmasiga ega chiqqan Itali terma jamoasi tarkibida ham Chempionlar Ligasi g‘olibi "Chelsi" vakillari bor:

Angliya: Ris Djeyms, Ben Chiluell, Meyson Maunt.

Daniya: Andreas Kristensen.

Italiya: Emerson i Jorjinyo.

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Kiritildi: 11:35, 07.07.2021.
O'qildi: 8759 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.