Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Jeymi Karrager: «Sautgeytning yutug‘i – OAV ta’siriga tushib qolmadi»

Jeymi Karrager: «Sautgeytning yutug‘i – OAV ta’siriga tushib qolmadi»

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasining sobiq himoyachisi Jeymi Karrager Yevro-2020 yarim finali doirasidagi Angliya - Daniya uchrashuvi arafasida Sky Sports vakillariga bergan intervyuda inglizlar milliy jamoasi o‘yini, murabbiy va futbolchilar haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Sautgeyt tuzgan jamoa sizda qanday taassurot qoldirdi?

- Garetning ustun tomoni shundaki, u jamoatchilik fikri va matbuot ta’siriga tushib qolmayapti. Uning jamoasini hali hech kim mag‘lub etolgani yo‘q, shuning uchun u tashqaridan bo‘ladigan bosimdan holi. Angliyaning sobiq va albatta, mening faoliyatimdagi murabbiylarda aynan shu katta muammo edi. Ular jamoatchilik va OAVning kim o‘ynashi kerak, kim formada kabi fikri bilan ovora edi. Mazkur turnir boshida atrofdagilarning bosimi ostida qolgan shaxs - bu Jek Grilishdir. Bunday futbolchi har doim bo‘ladi, ammo u bosimga berilmadi. U ishongan narsasiga sodiq qoldi. Qarama-qarshiliklar mavjud va gazetadagi sarlavha, intervyu yoki o‘yindan keyingi tvitlarimizdan so‘ng barchamiz aqlli yoki ahmoqday ko‘rinamiz. Hammamiz «otishga» tayyormiz, o‘zimizni murabbiylardek tutamiz. Siz xohlamagan narsa - bu murabbiylarning shunday bahsda qatnashishi. Ayrimlar sarlavhalarni haddan ziyod berilib o‘qishadi. O‘yinchi formada, murabbiy esa uni jamoaga jalb qilish, tarkibdan joy topib, amallab uni tiqishtirishi kerak, deb o‘ylaydi. Yo‘q, yo‘q va yana bir bor yo‘q. Sizga jamoatchilik fikri bilan ish tutish uchun emas, jamoani boshqarish uchun maosh to‘lanadi. Garet esa maoshini ortig‘i bilan oqlamoqda.

- Nemislarga qarshi o‘yinda tanlangan taktika o‘zini oqladi...

- Albatta, shunday fikr bildirishga loyiqmiz, zero ular g‘alaba qozonishdi va raqibga ko‘p imkoniyat berishmadi. Bundan tashqari, ularning boshqa sxema bo‘yicha o‘ynashgani sezilmadi. Bir necha kun oldin Fransiyaning o‘yinlarini tomosha qildim, ular orqa chiziqda uch nafar himoyachi bilan o‘ynashdi va nima qilayotganlarini bilmaganga o‘xshab qolishdi. Raqib ham ayni taktika tufayli ularga haqiqiy muammolar yaratdi. Shuni ham ta’kidlashni istardimki, Angliya to‘rt himoyachi bilan o‘ynaganida ham raqibning ko‘p imkoniyat yaratishiga imkon bermadi. Ushbu taktikadan foydalanib, ular sakkizta o‘yinda bittagina gol o‘tkazib yuborishdi. Shuning uchun eski sxemada o‘ynash muammolar keltirmadi va gol ham o‘tkazib yuborilmadi. Dastlabki daqiqalarda uch nafar markaziy himoyachi bilan o‘yinga moslashish oson bo‘lmadi. Futbolchilar biroz asabiylashib, xavotirga tushishdi. Dastlabki o‘n daqiqalikda nemislar hayratda qoldirishdi - Germaniya juda yaxshi o‘ynadi. Keyin nima o‘zgardi? Aslida, Rahim Sterling va Bukayo Sakalarning sa’y-harakatlari evaziga Angliya o‘yinga qaytdi: ularning faol yugurishlari va bir qator jarima zarbalar ishlashlari orqali jamoa o‘yinida kuchayish kuzatildi. O‘ylaymanki, ularning 12 yoki 13-daqiqalardan boshlab harakatga tushishlari juda muhim rol o‘ynadi. Bu shunchaki jamoani uyg‘otdi, Angliyaga o‘z jarima maydonida to‘pni olib qo‘yib, shu zahoti raqib maydoni tomonda uncha bo‘lmasada xavf tug‘dirishni boshlashiga imkon berdi. Bu shunchaki to‘lqinni o‘zgartirib, ularga kombinasion o‘yinga ishonch bag‘ishladi va bahsning keyingi 15 daqiqasida Angliya ustunlik qildi. Germaniya esa tanaffusdan sal oldin yana o‘yinga qaytib, hisobni ochish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Timo Verner bilan bo‘lgan vaziyatda...

- Pikfordning o‘yiniga qanday baho berasiz?

- Germaniyaga termasiga qarshi kechgan uchrashuv payti Vernerda ajoyib imkoniyat bor edi. O‘ylaymanki, Jordan Pikfordning musobaqadagi eng yaxshi darvozabon yoki hech bo‘lmasa, ulardan biri ekanligini hech kim rad etolmaydi. Vaziyat taqozo etganda, u gol o‘tkazmadi va muhim seyvlarni amalga oshirdi. Ko‘pchilik undan xavotirda edi, chunki Jordanning Premyer-ligadagi o‘yinini ko‘rib, terma jamoa libosini kiymasligi kerak, deb o‘ylaganlar kam emasdi. Ammo Angliya MTJdagi Jordan Pikford hech qachon bizni xafa qilmagan. Uning o‘tgan mundialdagi penaltilar seriyasidagi roli, shuningdek, himoya bilan o‘zaro aloqalarini eslashingiz mumkin. Bu har doim uning seyvlar borasida kuchli hisoblangan boshqa darvozabonlardan ustunlikka erishishiga sabab bo‘ladi. Angliya termasi libosidagi eng zo‘ri aynan u. Jordan o‘yinlarning eng shiddatli daqiqalarida ishonchli va xotirjam harakat qildi. Verner bilan qarama-qarshilikda esa u o‘ta muhim seyvni amalga oshirdi.

- Jamoadagi yana qaysi futbolchilarni e’tirof etasiz?

- Garri Maguayr - bizning eng yaxshi markaziy himoyachimiz. U o‘z o‘yini bilan jamoaga sovuqqonlik va xotirjamlik baxsh etadi. Garri ayni vaqtida qaytdi. Tayron Mings haqiqatan ham rivojlanmoqda, ammo Maguayr hech kim jamoaga berolmaydigan narsalarni olib keladi. Men ham ko‘pchilik qatori Rahim Sterlingning ashaddiy muxlisiman va turnir davomida uning o‘ynamasligi ko‘p bora aytildi. Qachonki, mendan o‘z talqinimga ko‘ra, Angliya terma jamoasi tarkibini tanlashimni so‘rashsa, albatta, undan Rahim Sterling, Garri Keyn va ularning yonida yana bir futbolchi joy oladi. Sterlingning so‘nggi ikki yil mobaynida Sautgeyt jamoasidagi gollari soni hayratlanarli, shu bois, uning Yevrodagi ishtiroki shubha ostida qolishiga ishonmasdim. U ajoyib o‘yinchi.

- Garri Keyn mavzusiga batafsilroq to‘xtalsangiz.

- Bugun Keyn haqida juda g‘ayrat bilan gapirmayman. Bu men eng yaxshi ko‘rgan futbolchi va Sky kanalidagi so‘nggi sakkiz yillik faoliyatim haqqi uni tanqidlarim bilan qiynay olmayman. Atrofdagilarning fikriga ko‘ra, hozirgi paytda boshqa futbolchilar unga imkoniyat yaratishmayapti va o‘yinga yetarlicha qo‘shishmayapti. Biroq o‘zi ko‘proq narsani qilishi kerak. Bu uning muammosi. Mas’uliyat yuki har doim boshqa o‘yinchilar zimmasida. Takrorlayman, Keyn o‘zi ko‘proq ish qilishi kerak. Agar unda imkoniyat bo‘lsa, albatta, gol uradi. Unda birinchi bo‘limda bitta, ikkinchisida ham bitta imkoniyat bo‘ldi va natijada, musobaqadagi dastlabki golini urdi. Hujumchilarda har ikkinchi imkoniyat golga aylansa - bu yomon emas, deb hisoblashadi. Shuning uchun unda imkoniyatlardan foydalanish borasida muammo yo‘q. Odatda, Garri Keynga mavsum boshida o‘yinga kirishishi uchun besh yoki oltita o‘yin kerak bo‘ladi va bu muammo emas, chunki hamma bu voqea baribir sodir bo‘lishini biladi. Turnirlarda esa biroz boshqacharoq, chunki biz bu yerda va hozirda nima bo‘layotgani haqida gaplashamiz. Agar Timo Verner ushbu epizodni anglaganida, Angliyani yo‘q qilishi mumkin edi. Menimcha, u o‘yinga o‘zini biroz ko‘proq jalb qilishi kerak.

- Keynni qanday o‘zgartirish mumkin?

- Endi u yanada chuqurlashishi kerak. Aksariyat hujumkor o‘yinchilar kuchi va tezligi yo‘q bo‘lganida yoki ozgina o‘yinini yo‘qotganida, to‘p uchun kurashga chuqurroq chekinishni, orqaroqqa qaytishga urinishadi. Joriy mavsum Keyn buni katta samaradorlik bilan amalga oshirdi. Uning o‘yinini o‘zgartirganligi aqlga sig‘maydi. U APLda yilning eng yaxshi futbolchisiga aylanmagani achinarli. Bitta o‘yindan keyin uni sharhlarda dunyoning eng yaxshi assistentlaridan biri deb ataganman. Adashmasam, bu «Vest Xem»ga qarshi bahsda edi, u orqadan o‘ynab, to‘pni Son Xyun Minga uzatgandi. Agar Garri orqaroq pozisiyaga qaytib o‘ynasa, uning yanada faolroq bo‘lishini kutish mumkin. Jarima maydoni ichida uzatmalar soni kamroq, ammo yarim himoyadagi to‘pga ko‘proq egalik qilish harakatlari yetarlicha. Men uning faolroq bo‘lishini istardim, chunki Garri Keyn eng yaxshi o‘yiniga yaqinroq borsa, demak, Angliya ushbu turnirda g‘olib chiqadi.

- Sizningcha, Grilishning doimo zaxiradan maydonga tushishi to‘g‘rimi?

- Murabbiy qaysidir futbolchi zaxiradan maydonga tushib, ajralib turgan bo‘lsa, keyingi o‘yinga asosiy tarkibga kiritishi kerak, deb o‘ylamayman. U g‘alaba taktikasini o‘zgartirishi, shu bilan birga, muvozanatni saqlashi mumkinligini allaqachon ko‘rsatib qo‘ygan. Murabbiyning himoyadagi to‘rtlikka qaytishini kutyapman. Meyson Maunt maydonga qaytadi va biz musobaqaning ko‘p qismida ko‘rgan 4-3-3 sxemasini yana ko‘ramiz. Rahim Sterling maydonga tushganda, o‘ng tomondan yaxshi o‘ynaganini hisobga olsak, bu Jek Grilish uchun chap qanotda maydonga tushish imkoniyatini beradi. Saka o‘z ishini juda yaxshi bajardi, ammo murabbiy yana bir narsa kerak, deb o‘ylashi mumkin, chunki Jek maydonga kirganda, ancha ijodkor ko‘rindi.

- Angliyaning Yevro-2020da muvaffaqiyat qozonish imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- Ushbu vazifa bajarilishi mumkindek ko‘rinmoqda. Turnir arafasida, qur’a tufayli, menga termamizning yarim finalga chiqish imkoniyatlari kattadek ko‘rindi. Biz ularning Germaniya, Portugaliya yoki Fransiyani mag‘lub etishlari shartligini, ammo bu qiyin bo‘lishini bilardik, chunki Angliya tarixga ko‘ra, 1966 yildan buyon «pley-off»da 90 daqiqa ichida hech qachon kuchli jamoalarni mag‘lub eta olmadi. Bu birinchi marta sodir bo‘ldi. Bizga ishonch berayotgan jihat - yarim final va finalning «Uembli»da o‘ynalishidir. Daniyaliklarga qarshi kechadigan yarim final qiyin biz uchun qiyin o‘tishi shubhasiz. Ular bu turnirda barchada birdek katta taassurot qoldirishmoqda. Agar jamoa finalga chiqsa, u yerda eng kuchli terma jamoalardan biri bo‘ladi - Italiya yoki Ispaniya. Ammo Angliya mezbon faktori evaziga favorit bo‘lib qoladi va bu tushuncha so‘nggi pallagacha o‘zgarmaydi, deb o‘ylayman.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:30, 10.07.2021.
O'qildi: 3280 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.