Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Nihoyat, Argentina va Messi Kopa Amerikada g‘olib chiqdi

Nihoyat, Argentina va Messi Kopa Amerikada g‘olib chiqdi

Baho:
+ | -

Argentina terma jamoasi Braziliyada bo‘lib o‘tgan Amerika kubogi musobaqasida bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. "Albiseleste" finalda mezbonlarga qarshi maydonga chiqib, kichik hisobda g‘alaba qozondi.

Birinchi bo‘limda argentinaliklar to‘pni nazorat qilishgan bo‘lsa, "pentakampeonlar" biroz ehtiyotkor o‘yni namoyish qilishdi. Uchrashuvning 22-daqiqasida esa hisob ochildi. De Paul olis masofadan Di Mariya tomon uzatma berdi. Himoyachi Lodi to‘pni qaytara olmadi. Anxel esa yakkama-yakka vaziyatda to‘pni darvozabonning ustidan oshirib, to‘rga joylab qo‘ydi.

Ikkinchi bo‘limda Braziliya o‘z o‘yinini o‘zgartirib, hujumga ko‘proq o‘ta boshladi. 52-daqiqada ular hisobni tenglashtirishgan edi, ammo Risharlison ofsaydda bo‘lgani uchun gol bekor qilindi.

Keyingi daqiqalarda argentinalik posbon Emiliano Martines kamida 3ta seyv namoyish etib, o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. O‘yinning asosiy vaqti tugashiga 2 daqiqa qolganida Argentina xavfli qarshi hujum tashkil qildi. Messi esa darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatda o‘z imkoniyatidan foydalana olmadi.

Ikkinchi taymga qo‘shib berilgan 5 daqiqada Argentina raqibga imkon bermaslikka harakat qildi. Hakamning hushtagi yangraganidan keyin esa Lionel Messi o‘z faoliyatida ilk marta Amerika kubogini qo‘lga kiritgani rasman tasdiqlandi.

Amerika kubogi, Final
Argentina – Braziliya 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 22 Di Mariya.
Argentina – Martines, Otamendi, Romero (Pesselya, 79), Montiyel, Akunya, de Paul, Paredes (Rodriges, 54), Lo Chelso (Talyafiko, 63), Di Mariya (Palasios, 79), Messi, Martines (Gonsales, 79).
Braziliya – Ederson, Lodi (Emerson, 76), Danilo, Tiago Silva, Markinyos, Fred (Firmino, 46), Kazemiro, Lukas Paketa (Gabriel Barboza, 76), Everton (Vinisius Junior, 63), Neymar, Risharlison.
Ogohlantirishlar: Fred (3), Paredes (33), Lo Chelso (51), de Paul (68), Lodi (70), Lukas Paketa (72), Otamendi (81), Markinyos (82), Montiyel (89).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 07:06, 11.07.2021.
O'qildi: 10181 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик