Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Luton 1-1 Everton
04/05 00:00 Lans 2-0 Loryan
04/05 00:00 Xetafe 0-2 Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal 3-0 Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad 2-0 Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr 3-1 Strasbur
04/05 18:30 Andijon 0-1 So‘g‘diyona
04/05 19:00 Byornli 1-4 Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted 1-3 Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford 0-0 Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid 3-0 Kadis
04/05 20:00 Monako 4-1 Klermon
04/05 21:00 Monsa 2-2 Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti 5-1 Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona 4-2 Barselona
04/05 22:00 Mets 2-3 Renn
04/05 23:45 Sassuolo 1-0 Inter
05/05 00:00 Brest 0-0 Nant
05/05 00:00 Malyorka 0-1 Atletiko
05/05 15:30 Kalyari - Lechche
05/05 17:00 Osasuna - Betis
05/05 18:00 Brayton - Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi - Vest Xem
05/05 18:00 Empoli - Frozinone
05/05 18:00 Verona - Fiorentina
05/05 19:15 Selta - Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul - Tottenhem
05/05 21:00 Milan - Jenoa
05/05 21:30 Valensiya - Alaves
05/05 23:45 Roma - Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano - Almeriya
06/05 00:00 Sevilya - Granada
06/05 21:00 Salernitana - Atalanta
06/05 23:45 Udineze - Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas - Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill - Lion

Allegrining "Yuve"sida qaysi futbolchiga joy yo‘q? Ronaldu klubdan ketadimi?

Allegrining "Yuve"sida qaysi futbolchiga joy yo‘q? Ronaldu klubdan ketadimi?

Baho:
+ | -

«Yuventus» katta o‘zgarishlar arafasida turibdi. Italiya kubogi va superkubogidagi g‘alabaga qaramay, jamoa mavsumni muvaffaqiyatsiz o‘tkazdi: chempionlik maqomidan mahrum bo‘ldi va so‘nggi turdagina Chempionlar ligasiga yo‘l oldi.
Turinliklarga omad kulib boqdi: «Verona» va Ivan Yurich «Napoli»dan ochko olib (1:1), Yevropaning asosiy turnirida ishtirok etish huquqini taqdim etishdi. «Keksa Sinyora» oxirgi marta bunday holatga tushganini eslay olmaymiz. Ushbu muvaffaqqiyatsizlikdan so‘ng jamoada o‘zgarishlar bo‘lishi aniq edi: Andrea Anyelli sport direktori Fabio Paratichi va Andrea Pirloni iste’foga chiqardi. Bu hali boshlanishi.
Prezident Mourisio Sarri va Pirloning jamoa bosh murabbiyligiga tayinlanishi xato ekanligini tan oldi. Klubning so‘nggi yillardagi eng muvaffaqqiyatli murabbiyi Massimiliano Allegrini olib keldi. U ikki mavsum dam oldi va jonajon klubi uchun tayyorlab qo‘ygan rejalari bo‘lishi tabiiy. U qaysi futbolchilarni olib qolishi yoki ketkazib yuborishi mumkinligi haqida so‘z yuritamiz.

Qulaylik zonasi

Voysex Shensni: jamoning asosiy darvozaboni. U mavsumni tartibsiz o‘tkazdi (A seriyada «quruq o‘yinlar» soni bo‘yicha 14-o‘rin), ammo «Yuventus»da unga munosib o‘rinbosar yo‘q. Albatta, yaqin kelajakda vaziyat o‘zgarishi mumkin: Janluiji Donnarumma erkin agent maqomida. Shunga qaramay, Shensni katta ehtimol bilan klubda qoladi.

Mattias de Ligt: Gollandiyalik futbolchi ikki yildan beri Turinda bo‘lib turibdi va hanuzgacha yuqori saviyada o‘ynamayapti. Ammo Allegri, albatta, undan foydalanadi: Mattiasning salohiyatiga shubha yo‘q. «Sarribol» va Pirloning o‘yin uslubida o‘zini yaxshi ko‘rsata olmadi.

Merix Demiral: yosh va umidli himoyachi. Allegrining kelajak jamoasida unga joy topiladi.

Leonardo Bonuchchi: ashaddiy raqib jamoa safiga o‘tib, ortga qaytsa hamki Bonuchchinig kerakli futbolchi ekanligiga hech kimda shubha qolmadi . U haqiqiy lider va kurashuvchan futbolchi.

Jorjo Kyellini: Yoshi o‘tib borayotgan bo‘lsa-da, xuddi Bonuchchi kabi kerakli futbolchi. Farqi, u klubiga sadoqatli.

Danilo: Jamoaga kelganida, Kanseluning o‘rnini bosa olmayotgandek tuyulgandi, bu mavsumda esa, barchasi o‘zgardi. Yuqori saviyada o‘yin ko‘rsatgan kam sonli futbolchilardan biri aynan Danilo bo‘ldi.

Xuan Kuadrado: jamoaning sadoqatli futbolchilaridan biri. Ronaldu kelganida o‘z raqamini berishga-da rozi bo‘lib, kamtarona 16-raqamni kiyib olgandi. Hujum va himoyada juda faol va kurashuvchan. Allegriga kerakli futbolchi.

Artur: Pyanich bilan «rokirovka» qilingan futbolchi yorqin o‘yin ko‘rsatmadi. Shuning uchundir, Allegri bosniyalikni ortga qaytarishlarini so‘radi. Biroq Artur Pyanich bilan markazda yaxshi tandem hosil qilishi mumkin. Hali yosh va o‘sishga moyil futbolchi.

Adriyen Rabyo: bu mavsum deyarli barcha asosiy o‘yinlarda ishtirok etdi va Turinga moslashib ulgurdi. Yarim himoyada istalgan vazifalarni bajara oladi. U avvalgi darajasiga qayta oldi.

Ueston Makkenni: Amerikalik ushbu mavsumning eng ko‘zga ko‘ringan futbolchilaridan biri bo‘ldi va bunga shubha yo‘q. Dallas akademiyasi tarbiyalanuvchisi o‘zining mehnatsevarligi, aniq va kuchli zarbasi borligi, pas bera olish qobiliyati bilan barchani ajablantira oldi. Yakunda «Yuventus» uni «Shalke»dan 18.5 million yevroga sotib oldi.

Federiko Kyeza: Kyeza «Yuventus»ga «Fiorentina»dan olib kelindi. «Portu», «Dinamo Kiyev», «Milan», «Inter», «Lasio» va «Napoli»ga qarshi o‘yinlardagi samarali harakatlari jurnalistlar va klub muxlislari tomonidan e’tirof etildi. Uning lubda qolishi kerakligi kundek ravshan.

Kulusevski: shvesiyalik futbolchi jamoa uchun ko‘p narsalar qilishi aniq. Hali yosh va ikkinchi Dibala bo‘lishga da’vogar.

Paulo Dibala: Paulo Dibala uchun mavsum og‘ir o‘tdi. Argentinalik ikki marotaba koronavirus bilan kasallandi. U Allegrining o‘yin uslubiga mos futbolchi. Massimiliano unga imkoniyat taqdim etadi, albatta. 3-5-2 taktik uslubida, Pauloning kafolatlangan joyi bor.

Alvaro Morata: Massimiliano Allegri ispaniyalik futbolchining «Yuventus»da qolishini allaqachon e’lon qilgan. 44 ta o‘yinda 20 ta gol va 12 ta golli pas! Moratani yillar davomida tanqid qilishmoqda, ammo unga yaxshi muhit kerak. Allegri markaziy hujumchini juda yaxshi biladi va hali ham uning goleadorligiga shubha yo‘q.

Noaniqlik zonasi

Aleks Sandro: Allegri kashf etgan futbolchi, unga kerak bo‘lmay qolish ehtimoli yo‘q emas. Doimiy va bir xil o‘yin uslubi bilan asosiy tarkibga kirish qiyin.

Janluka Frabotta: Italiyalik Sandro bilan rotasiya qilingan va u ham juda kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘ldi. Unga imkon berilishi kerak.

Xavf zonasi

Karlo Pinsolio: jamoaning 3-darvozaboni. Mavsum davomida 22 daqiqa (!) maydonda harakat qilgan va katta ehtimol bilan yangi jamoada ko‘rinish beradi.

Aaron Remzi: Uelslik bo‘shliqlarni to‘ldira oladi. Biroq hujumkor yarim himoyachi uchun bu yetarli emas.

Krishtianu Ronaldu zonasi

Kiritildi: 21:20, 12.07.2021.
O'qildi: 12227 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.