Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ramos Messining «PSJ»ga kelishiga munosabat bildirdi

Ramos Messining «PSJ»ga kelishiga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

«Pari Sen-Jermen»ning ispaniyalik futbolchi Serxio Ramos argentinalik hujumchi Lionel Messining fransuz klubiga o‘tishi mumkinligi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Messi dunyoning eng yaxshi o‘yinchilaridan biri. Ammo, men qaror qabul qilmayman. Faqatgina, bir narsaga o‘z fikrimni bildirishim mumkin, men shunchaki dunyoning eng yaxshi futbolchilari bilan to‘p tepishni yaxshi ko‘raman. Leoning Parijga kelishi, bu klubning Yevropa maydonlarida g‘alaba qozonish imkoniyatini yanada oshiradi», - deya Ramosning so‘zlarini keltiradi «AS» nashri.

Eslatib o‘tamiz, 34 yoshli Messi hozirda erkin agent. «Barselona» argentinalik bilan yangi shartnoma imzolashga urinmoqda, ammo hozircha moliyaviy cheklovlar tufayli buni uddalay olmayapti.

Kiritildi: 22:31, 13.07.2021.
O'qildi: 13193 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик