Darvozabon Janluidji Donnarumma o‘zining yangi klubi — "Pari Sen-Jermen"da raqam tanladi.
22 yoshli darvozabon 50-raqamli futbolkada maydonga tushadigan bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, Donnarumma "Milan"da 99-raqamda o‘ynar edi.
Janluidji "PSJ"ga erkin agent sifatida o‘tdi va 2026 yilgacha mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekdi.