«Yuventus» yarimhimoyachisi Artur o‘ng tizzasidan olgan jarohati sababli operasiya qilindi.
Klub rasmiy saytining yozishicha, jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tdi. Endi 24 yoshli braziliyalikning tiklanishiga taxminan 3 oy vaqt talab etiladi.
Artur o‘tgan mavsumda A Seriyada 22ta bahsda maydonga tushib, 1ta to‘p kiritgandi.