Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli 1-2 Jenoa
28/12 19:00 Parma 2-1 Monsa
28/12 22:00 Kalyari 0-3 Inter
29/12 00:45 Lasio 1-1 Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul
30/12 00:45 Milan - Roma
30/12 22:30 Komo - Lechche

Olivye Jiruning «Milan»da «qarg‘ish tekkan» raqamni olgani haqida

Olivye Jiruning «Milan»da «qarg‘ish tekkan» raqamni olgani haqida

Baho:
+ | -

Olivye Jiru «Milan»ga o‘tdi. Hujumchi nafaqat o‘ziga qadrdon bo‘lib qolgan Londonni (fransuz faoliyatining deyarli 10 yilini Angliya poytaxtida o‘tkazgan), shuningdek, raqamini ham o‘zgartirdi – Olivye yangi jamoasida 9-raqam ostida harakat qiladi.

Ushbu xabarlardan keyin ko‘plab muxlislar «bekor 9-raqamni olibdi», «Milan» 9-raqamni muomaladan chiqarishi kerak» kabi izohlar yoza boshladi. Bu «Milan»da 9-raqamga «qarg‘ish tekkani» haqidagi gap-so‘zlar fonida aytilgan fikrlar edi. Filippo Indzagidan (2012 yilda faoliyatini yakunlagan) keyin 9-raqamni olganlarning barchasi yo muvaffaqiyatsizlikka uchragan, yo qayd etgan statistikasi o‘zining maqomiga to‘g‘ri kelmagan.

Quyidagi rasmda ham buni ko‘rish mumkin:



Albatta, «Milan»ning so‘nggi o‘n yillikdagi xaridlari ideal transfer siyosatiga ega klubning namunasi emas. Boisi, boshqa raqamlar ostida, (boshqa) o‘yinchilar ham kutilgan natija va sarflangan pulni oqlamagan. Ammo Marko van Basten va Jorj Vea kabi o‘yinchilar to‘p surgan qizil-qora forma uchun raqamning sehri hamon muhimdir.

Buni o‘sha paytdagi «Milan»ning sport direktori Leonardoning so‘zlari ham tasdiqlashi mumkin. U 2019 yilda, Kshishtof Pyontek «Jenoa»dan transfer qilingan vaqtda shunday degandi: «U 9-raqamni olishni xohlagan edi, ammo bunga (raqamga) munosib bo‘lish kerak deb o‘ylaymiz, Shuning uchun biz uning o‘rniga 19-raqamni berishga qaror qildik».

Pyontek o‘zi uchun omadli bo‘lgan mavsumni o‘tkazib, «Milan»ning mavsumdagi 9 ta goliga mualliflik qildi (transfergacha «Jenoa»da 13 ta gol urgandi) va munosib bo‘lib 9-raqamni oldi. Ammo olti oydan so‘ng «Herta»ga jo‘nab ketdi.

— Raqamini "9"ga o‘zgartirish bilan bog‘liq voqea Aleshandre Patoga ham foyda keltirmagan (Indzagi nafaqaga chiqqanidan keyin uning raqamini oladi) – braziliyalik jarohat olib, deyarli maydonga tushmaydi va ko‘p o‘tmay «Korintians»ga jo‘naydi;

— Matri, Torres, Destro, Iguain va Manjukich ham «Milan»da atigi olti oy davomida to‘p suradi.

— 2008/09 yilgi mavsum – 9-raqamli futbolchi «Milan» tarkibida kamida 10 ta gol urgan so‘nggi mavsum bo‘lib qoldi (Indzagi – 13 ta gol);

— «Milan»da Indzagi ketganidan keyin ham A Seriyada 10+ gol urgan futbolchilar yetarli: Stefan ash-SHaaraviy, Jampaolo Passini, Mario Balotelli, Jeremi Menez, Karlos Bakka, Patrik Kutrone, Zlatan Ibrahimovich va Frank Kessie. Ammo ularning hech biri 9-raqamda o‘ynamagan.

Jiruning ushbu noxush an’anaga chek qo‘ya oladimi, bu uning o‘yin vaqtiga bog‘liq: 2015/16 yilgi mavsumdan beri u na «Arsenal», na «Chelsi»da asosiy futbolchi bo‘lgan. Premyer Ligada o‘tgan mavsumda Olivye atigi 17 uchrashuvda maydonga tushdi va 4 ta gol urdi. Uning asosiy yutuqlari Chempionlar Ligasiga to‘g‘ri keldi: Jiru unda bir o‘yinda «Sevilya» darvozasini 4 bor ishg‘ol qildi va «Atletiko»ga qarshi bahsda qaychi uslubida gol urdi.

Shu bilan birga 2009/10 yilgi mavsumdan 2016/17 yilgacha Jiru Fransiya va Angliya chempionatlarida kamida 11 tadan gol urib kelgan.

Fransiyalik futbolchi kuzda 35 yoshga to‘ladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:00, 20.07.2021.
O'qildi: 5063 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.