Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

CAFAning navbatdan tashqari kongressi bo‘lib o‘tdi

CAFAning navbatdan tashqari kongressi bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bugun CAFAning navbatdan tashqari yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov, bosh kotib Avaz Maksumov va O‘FA mutaxassisi Muhammadsodiq Sodiqoxunov ishtirok etdilar.

Kongressda dastavval kun tartibi va undan o‘rin olgan masalalar tasdiqlab olindi. Yig‘ilish avvalida CAFAning 5-kongressida belgilangan vazifalar va 2020 yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlar tinglandi.

Kongress davomida Markaziy Osiyo mintaqasida yuqori sifatli musobaqalarni o‘tkazish, mintaqa futbolini qit’a hamda jahon miqyosida yuqori pog‘onalarga olib chiqish masalalari ko‘rib chiqildi.

2021-2022 yillar oralig‘ida qilinishi kerak bo‘lgan ishlar muhokama qilindi. Kongress yakunida CAFA prezidenti Rustam Emomali so‘z olib, oldindagi zarur vazifalarni belgilab berdi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 18:06, 21.07.2021.
O'qildi: 2030 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик