«Inter» bosh direktori Juzeppe Marotta hujumchi Romelu Lukaku «neradzurrilar» safini tark etishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga javob qaytardi.
«Lukaku? U sotilmaydi. U bu yozda «Inter» ni tark etmasligi aniq. Romelu - jamoamizning asosiy o‘yinchisi», - deydi Marotta Mediaset nashriga bergan izohida.
Lukakuning Milan klubi bilan shartnomasi 2024 yil yoziga qadar amal qiladi. Oldinroq, Romeluning o‘zi «Inter»ni yaqin kelajakda tark etmasligini bir necha bor ta’kidlagan edi.