Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Chusovitina siymosi: o‘zbek sport gimnastikasi qirolichasi faoliyatiga nazar

Chusovitina siymosi: o‘zbek sport gimnastikasi qirolichasi faoliyatiga nazar

Baho:
+ | -

Kecha o‘zbek gimnastikasi malikasi Oksana Chusovitina sportdagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.

Tokio Olimpiadasi uning faoliyatidagi sakkizinchisiga aylandi. Oksananing hisobida 1992 yilgi Barselonadagi olimpiya o‘yinlari oltin medali va 2008 yilgi Pekindagi o‘yinlardagi kumush medal bor. Shuningdek, Chusovitinaning natijalari ichida 3 karra jahon chempioni va Yevropa chempionatlarining oltin va uchta kumush medallari bor.

Yakshanba kuni gimnastikachi Tokio-2020 Olimpiya musobaqasida final bosqichi saralashida qatnashdi. Biroq u finalga chiqa olmadi va professional faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.

«Endi hammasi tugadi, mening borim shu. Men ortiq sportga qaytmayman. 46 yoshdaman va hayotda qiladigan ishlarim juda ko‘p ularni qilish vaqti keldi», – dedi Chusovitina musobaqa tugagandan so‘ng.

Umuman olganda, ushbu olimpiada Oksana uchun juda g‘alati boshlandi. Avvalroq unga ochilish marosimida bayroqdor sportchi bo‘lib arenaga O‘zbekiston bayrog‘ini olib chiqish ishonib topshirildi. Marosimga bir kun qolganda esa bu vazifa boshqa sportchilarimizga topshirildi.

«Ular menga nega buni o‘zgartirganlarini tushuntirishmadi, shunchaki men chiqmasligimni aytishdi va tamom hech qanday izoh berishmadi. Bu narsa motivasiyani o‘ldirdi. Bunday qilish mumkin emasdi. Shunchaki oldimga kelib tushuntirishsa bo‘lardi, biz hammamiz odammiz, tushunamiz», - dedi Oksana voqeadan keyin.

Chusovitinaning sportdagi faoliyati SSSR terma jamoasidagi chiqishlaridan boshlandi. U 15 yoshida asosiy tarkibga kirdi. Natijada, Oksananing karyerasi juda qiyin va o‘z navbatida zafarli boshlandi.

 • 1992 yilda Chusovitina SSSR tarkibida Olimpiadaga bordi va jamoaviy hisobda oltin medal oldi.

Shundan so‘ng, Chusovitina Rossiyaga ko‘chib o‘tmadi (garchi uning deyarli barcha qarindoshlari u yerga ko‘chib ketishgan bo‘lsa ham). U o‘zi tug‘ilgan mamlakat nomidan musobaqalarda chiqishga qaror qildi.

• 1996 yilda Oksananing natijalari ancha yomonlashdi: Atlantadagi o‘yinlarda u o‘zining sevimli tayanib sakrash yo‘nalishida finalga chiqa olmadi. Bundan oldin Chusovitina ushbu yo‘nalishda Jahon chempionatining bir nechta medallarini qo‘lga kiritgandi.

• 2000 yilda Oksana Sidney Olimpiyadasidan ham medalsiz qaytdi va karyerasida qisqa tanaffus qildi. Keyin Chusovitina Alisher ismli farzandi bo‘ldi.

Farzandli bo‘lganiga bir necha oy o‘tmasdan u yana xalqaro musobaqalarda qatnasha boshladi. 2002 yilda Oksana yaxshi sport formasiga kirib oldi va Pusandagi Osiyo o‘yinlarida ikkita oltin va ikkita kumushni medalni qo‘lga kiritdi.

Uning g‘alabalari uzoq vaqtga tatimadi. O‘g‘lida og‘ir kasallik aniqlandi. Farzandi og‘ir leykemiyaga (oq qon) chalingandi. Kasallikni davolash uchun 120 ming dollarlik jarrohlik  amaliyoti talab qilinardi. Natijada, u Germaniya fuqaroligini qabul qildi, bu esa Alisherning davolanishini osonlashtirdi va tezlashtirdi. Jarrohlik amaliyotisiz Alisherning shifokorlar bir oy umri qolganini aytgan edi.

Afina-2004da Chusovitina muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Ko‘pkurash bo‘yicha 97-o‘rin.

Pekin Olimpiadasida gimnastikachi Germaniya terma jamoasi bayrog‘i ostida chiqishlar qildi. U yerda Chusovitina kumush medalni Germaniya termasi uchun olib berib, qaysidir ma’noda farzandining hayotini saqlab qolgan mamlakatga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

London-2012da ham u Germaniya jamoasi safida chiqish qildi. Bu safar unga biroz omad yetishmadi, yakunda beshinchi bo‘lib musobaqani yakunladi. Shundan so‘ng u O‘zbekistonga qaytdi.

Rio-2016dagi o‘yinlarda O‘zbekiston uchun chiqish qilgan Oksana yettinchi o‘rinni egalladi.

2021 yilda Chusovitina qo‘llarini baland ko‘tarib katta sport jamoatchiligi bilan xayrlashdi.

«Menga muxlislik qilgan hammaga rahmat. Xayr!  Xayr!». Oksana tomoshabinlarning munosib olqishlariga sazovor bo‘ldi va hamkasblari bilan quchoqlashib, ko‘z yoshlar bilan arenani tark etdi.

Oksana Chusovitina har bir sportchi orzu qilsa bo‘ladigan darajada faoliyat olib bordi. Hayotning «zarba»lariga o‘z vaqtida chap bera oldi. Xayr, Oksana barchasi uchun rahmat!!!

Ruslan Maksimov tayyorladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 18:03, 26.07.2021.
O'qildi: 3562 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.