Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

O‘zgalar pulini sanaymiz

O‘zgalar pulini sanaymiz

Baho:
+ | -

Koronavirus pandemiyasi kutilganidek, futbol iqtisodiyotiga zarba berishda davom etmoqda. Tribunalarda tomoshabinlar yo‘qligi tufayli millionlarni yo‘qotgan klublar o‘z transfer siyosatini qayta ko‘rib chiqish, imkon qadar erkin agentlarni qidirishga majbur bo‘lmoqda. «Barselona» shu tariqa Depay, Aguero va Garsiyani qo‘lga kiritdi, «Inter» esa - Chalxano‘g‘luni. Istisnolar ham uchrab turibdi - «Bavariya» Upamekano uchun 40 mln. yevro, «Liverpul» esa Konate uchun 30 mln. yevro to‘ladi. Ammo katta hajmdagi xaridlarni amalga oshirishga hech kimning qurbi yetmayapti. Faqat... «PSJ»dan boshqa.

Parijliklar Ashraf Hakimi va Danilu Pereyru uchun mos ravishda «Inter»ga 60 mln. va «Portu»ga 16 mln. to‘lashdi. Donnarumma, Veynaldum hamda Serxio Ramos erkin agent sifatida kelishdi, ammo ularning maoshi va agentlariga to‘lanadigan ko‘tarma pullarini hisoblasak, bu uchovlon «PSJ» uchun 200 mln. yevroga tushishdi. Boz ustiga, Fransiya giganti yarim himoyani Pogba yoki Kamavinga, hujumni «Lasio»ning argentinalik futbolchisi Korrea hisobiga kuchaytirmoqchi. Tushunarliki, qatarlik shayx Nosir al Xelaifida yetarlicha mablag‘ bor, kerak bo‘lsa, pullaridan okean o‘rtasida orol qurishi mumkin, lekin «PSJ» moliyaviy feyr-pley qoidalaridan qanday qochmoqchi? Keling, hozir shu mavzuni muhokama qilamiz.

«PSJ»ga shuncha futbolchi kerakmi?

Fevralda ESPN «PSJ»ning bozorda erkin agentlarga e’tibor qaratishi haqida yozgandi. Uzoq muzokaralardan so‘ng Ramos va Donnarummani yog‘likkina shartnoma orqali o‘z tomonlariga og‘dirishdi, Veynaldumni esa so‘nggi pallada Leonardo tufayli «Barselona»dan ilib ketishdi: shunchaki, kataloniyaliklar taklif qilgan summani uch baravar oshirishlarini aytishdi. O‘zi yaqindagina 35 yoshli Tyago Silva bilan xayrlashgan jamoaga 35 yoshli Ramos kerakmikin, axir parijliklar go‘yoki, nisbatan yosh hisoblangan Markinyos - Kimpembe juftligiga ishonch bildirmoqchi edilar. Yoki barqaror Keylor Navas turganda Donnarummaga na hojat? Ammo har qanday holatda ham bu jiddiy marketing yurishi, obro‘li kelishuvlar bo‘lib, jamoa tarkibiga tajriba baxsh etishi turgan gap. Qolaversa, hatto ko‘tarma pullari va shartnomalar bo‘yicha boshqa to‘lovlardan kelib chiqqanda ham, bu kelishuvlarni muvaffaqiyatli deb atash mumkin - boshqa sharoitda ushbu futbolchilarga egalik qiluvchi klublarga o‘nlab million pulni to‘lashga to‘g‘ri kelardi.

Inqiroz davrida keng ko‘lamli kampaniya kerakmi?

«PSJ» sport direktori Leonardo so‘nggi yilni bosim ostida o‘tkazmoqda. Birinchidan, uning Tomas Tuxel bilan chiqisholmagani obro‘siga putur yetkazib, keyinchalik germaniyalik murabbiy Parijdan Londonga ko‘chib o‘tgandi. Ikkinchidan, klub har qanday choralarni qo‘llab, Chempionlar Ligasida g‘olib chiqish imkoniyatidan foydalana olmagani sabab, jamoasini almashtirish haqida o‘ylayotgan Neymar va Mbappeni saqlab qolishi kerak edi. Uchinchidan, «PSJ» xo‘jayinlari ham xalqaro arenalardagi jiddiy yutuqlarni anchadan buyon kutishmoqda. Ushbu masalalarni hal qilishning yagona yo‘li - keng ko‘lamli transfer kampaniyasini amalga oshirish.

May oyida Pochettino «PSJ»da ishi qovushmay, «Tottenxem»ga qaytmoqchi ekanlig haqida gap-so‘zlar urchidi. Tarkibning yaxshigina kuchaytirilishi - jiddiy omil, u argentinalik murabbiyning jamoada qolib, yuqori kayfiyat bilan ishini davom ettirishiga sabab bo‘ldi. Barchasiga qo‘shimcha ravishda, so‘nggi yarim yil mobaynida «PSJ» bir qator yulduzlar - Neymar (2025 yilgacha), Di Mariya (2022 yilgacha), Bernat (2025 yilgacha) va Draksler (2024 yilgacha) bilan amaldagi shartnomalarni uzaytirdi.

Katta ehtimol, Neymar bilan yangi kelishuv imzolanishi tarkibning kuchayishiga ishora bo‘ldi. Bir yildan so‘ng braziliyalik vinger 30 yoshga to‘ladi va u CHLda g‘olib chiqib, «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritish ishtiyoqida yonmoqda. Lekin albatta, asosiy vazifa - Kilian Mbappeni Parijda qolishga ko‘ndirishdir. Ma’lumki, «Real» fransuzning transferini amalga oshirishga astoydil kirishgan, qolaversa, Kilianning o‘zi ham nisbatan kuchsizroq bo‘lgan Liga 1dagi faoliyatini davom ettirish orqali buyuklik maqomiga erisholmasligini tushunmoqda. Yulduzlarning transfer qilinishi - Mbappeni «PSJ»dagi loyiha jiddiylik bobida «Real», «Liverpul» va «Manchester Siti»nikidan qolishmasligi, uzoq muddatga mo‘ljallanganiga ishontirish chorasi bo‘ldi.

MFPga moslashish kerak

Ehtimol, «PSJ» buxgalteriyasidagilar bunday transferlarning moliyaviy feyr-pley masalasidagi jiddiy oqibatlaridan xabardorlar, shu bois, kredit debeti bo‘yicha klubda namunali reja bor. Hozircha parijliklar Michel Bakkerni «Bayer»ga 7,5 mln. yevroga sotishdi, xolos. Gap-so‘zlarga ko‘ra, «PSJ» tuzukroq taklif tushsa, Paredes, Errera, Draksler, Kurzava, Kerer va Sarabi bilan xayrlashishga tayyor.

Moliyaviy feyr-pleyga kelsak, vaziyat turlicha. Birinchidan, bahorda taniqlik jurnalist va insayder Tankredi Palmeri UYEFA 2022 yildan MFPdan voz kechmoqchi ekanligi, uning o‘rniga klublar moliyasini nazorat qiluvchi boshqa bir muqobil tizimni yo‘lga qo‘ymoqchiligi haqida gapirgandi. Ma’lumot uchun, «PSJ» prezidenti Nosir al Helayfi Superliga mashmashasidan keyin UYEFA ijroqo‘mi prezidentiga aylandi, u yevrokuboklar translyasiyasi huquqini nazorat qiluvchi BeIN Media Group rahbari ham hisoblanadi.

Qolaversa, 2018 yili «PSJ» MFPdan chetlab o‘tish chorasini topgandi. Davlat idoralari bilan shartnomalarning oshiqligi bo‘yicha e’tiroz parijliklar manziliga ham yo‘llangan, ammo byurokratik zanjir fransuz klubining vaziyatdan qutulib qolishi va ishning sudgacha yetib bormasligini ta’minlashiga sabab bo‘lgandi. O‘shanda UEFAning MFP nazoratini ta’minlash bo‘limi rahbari Xose Da Kunya Rodriges tergov ishlarini boshlagan, natijada «PSJ» 50 mln. yevrolik limitga mos tushmagani, bir yildan keyin esa 170 mln.lik ko‘rsatkichga ham moslasha olmasligi aniqlangandi. Hattoki, Neymar va Mbappening sotilishi haqida gap-so‘zlar tarqaldi, lekin ish oxiriga yetmay yopildi, zero Da Kunya Rodriges reglamentga muvofiq, dastlabki («PSJ»da MFP masalasida hammasi joyida ekanligini isbotlovchi) hisobot bo‘yicha protest kiritishi, buni hisobot chop etilganidan keyin 10 kun o‘tib amalga oshirishi lozim edi. Mutasaddi jarayonni cho‘zib yubordi, «PSJ» tergovga apellyasiya berdi va CAS ko‘rib chiqqan ishda yutib chiqdi. Xo‘sh, al Helayfiga yana shunday tryukni takrorlashga nima xalal berishi mumkin?

A.ABDUVALIXO‘JAYEV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:00, 31.07.2021.
O'qildi: 5458 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.