Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Futbol tarixidagi qiziqarli qizil kartochkalar

Futbol tarixidagi qiziqarli qizil kartochkalar

Baho:
+ | -

Futbolda shunday ajoyib hodisalar bo‘ladiki, u muxlislar qalbiga abadiy muhrlanib qoladi. Masalan, qaysidir jamoalar uchrashuvida kiritilgan shedevrlar yoki gollar yomg‘iri. Qaysidir o‘yinda qayd etilgan sensasion natijalar-u, qaysidir futbolchining porlashi. Ammo bularga umuman teskari bo‘lgan voqealar ham futbolda kam uchramaydi. Keling birgalikda shunday uchrashuvlar bilan tanishib chiqamiz. Ya’ni haqiqiy jangga aylanib ketgan va kartochkalarga burkangan o‘yinlar bilan.


1. Argentinalik futbol hakami bitta uchrashuvda 36 ta qizil kartochka ko‘rsatib, bir o‘yinda belgilangan penaltilar soni bo‘yicha rekord o‘rnatdi. Hakam avval ikkala jamoadagi barcha o‘yinchilarni maydondan chetlashtirdi, so‘ngra zaxira va murabbiylarni nishonga oldi. "Primyera D" divizionidagi (Argentina chempionatining beshinchi darajali musobaqasi) "Kleypol" - "Aureliano Arenas" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvning birinchi yarmi nisbatan xotirjam o‘tdi. Hakam birinchi bo‘limda Damian Rubio yechinish xonasiga atigi ikkita futbolchini yubordi. Ikkinchi bo‘limda hakamlar guruhi butkul nazoratni yo‘qotdi; o‘yin borgan sari qo‘pollashdi va uchrashuv oxiriga kelib maydonda katta mushtlashuv boshlandi, shundan so‘ng qolgan qizil kartochkalar ko‘rsatildi.


2. 70-yillarning oxirida Meksikaning "Atletiko" va "Espanyol" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda hakam Gonsales 26 ta qizil kartochka ko‘rsatdi. Birinchidan, qo‘pol o‘yin uchun u ikkala jamoaning bir nechta futbolchilarini maydondan chetlashtirdi. Keyin, umumiy janjal boshlanganda qolgan barcha futbolchilar qizil rangli kartochkalarni qabul qilib olishdi. Murabbiylar va jamoa vakillari maydonga yugurib chiqqach, ular ham kartochkali bo‘lishdan chetda qolishmadi.


3. 1969-yil 3-noyabrda Buyuk Britaniyada "Tongxem" Yoshlar Klubi bo‘lgan "Surrey" va "Xou-Li" ("Xants") jamoalari mutlaq rekordchilarga aylanishdi. Ikkala jamoadan 22 nafar futbolchi qizil kartochka olishdi (ya’ni, barcha futbolchilar maydondan chetlatildi). Hakam, hattoki, "kelishmovchilik"ga aralashgan va jamoalardan biriga yordam berishga urinib ko‘rgan yon hakamni ham ayab o‘tirmadi. Bularning bari futbolda bo‘lishi mumkin bo‘lmagan bir holat edi.

4. Ispaniyaning "Rekreativo Linense" va "Saladillo" futbol jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvga xizmat ko‘rsatgan hakam futbolchilarga 19 ta qizil kartochka ko‘rsatdi. Hakamlar uchrashuvning 54-daqiqasida 1: 0 hisobi "Rekreativo" foydasiga hal bo‘layotganida, futbolchilar o‘rtasidagi janjal tufayli o‘yinni to‘xtatdi.

5. Urugvayning "Montevideo Vanderers" - "Xuventud" uchrashuvi (3:3) hakamning final hushtagidan so‘ng ommaviy mushtlashuv bilan yakunlandi. Maydonda ziddiyat yuzaga kelishiga sabab, maydon egalari fikriga ko‘ra hakam uchrashuv oxiriga kelib yarim himoyachi Gaston Rodrigesga nisbatan qo‘pollik ishlatgani uchun raqiblari darvozasiga penalti belgilashi kerak edi. Jang tugaganidan keyin hakam Leodan Gonsales har bir jamoaning 8 tadan futbolchisiga qizil kartochka ko‘rsatdi. Oldinroq, birinchi bo‘lim oxirida "Vanderers" yarim himoyachisi Diyego de Sousa ham maydondan chetlatilgan edi. Shunday qilib, Gonsales o‘sha o‘yinda jami 17 ta qizil kartochka ko‘rsatdi.


6. Katta mushtlashuv, 9 ta chetlatish va burni singan futbolchi - bularning barchasi Meksika futbol chempionatida, "Tekos" va "Dorados" o‘rtasidagi duelda sodir bo‘lgan. Uchrashuv hakami to‘qqiz futbolchini maydondan chetlatdi. "Tekos"da beshta (shu jumladan bitta zaxira futbolchisi), "Dorados"da esa to‘rtta futbolchi "qizil chipta" egasiga aylandi. Nima bo‘lganiga qaramay, uchrashuv oxirigacha o‘ynaldi. Yakunda "Tekos" 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

7. Aslida bularning barchasi zamonaviy professional futboldan sal yiroq holat hisoblanadi. Biroq yirik mundiallardagi katta o‘yinlarda ham bu darajadagi bo‘lmasada shunga o‘xshash holatlar qayd etilgan. Masalan, 2006-yilgi Jahon chempionatining 1/8 finalida Portugaliya - Gollandiya uchrashuvini boshqargan rossiyalik hakam Valentin Ivanov futbolchilarga 16 ta sariq kartochka ko‘rsatib, darvozalar tomon 4 ta penalti belgilagan. Ushbu holatga  sobiq FIFA prezidenti Jozep Blatter "hakamni o‘ziga ham bittagina sariq kartochka ko‘rsatish kerak edi-da", deb hazil tariqasida munosabatini bildirgan edi. 

 

Kiritildi: 20:57, 31.07.2021.
O'qildi: 3622 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.