Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

«Roma» bosh direktori: «Eldor Shomurodovning sifatlari Mourinyoga mos keladi»

«Roma» bosh direktori: «Eldor Shomurodovning sifatlari Mourinyoga mos keladi»

Baho:
+ | -

«Roma» bosh direktori Tiago Pinto Eldor Shomurodovning Rim jamoasiga qo‘shilgani haqida o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi.

"Eldor — ulkan salohiyatga ega hujumchi. U «Roma»da o‘zini ko‘rsatishni istaydi. O‘ziga avvaldan tanish bo‘lgan ligada buni uddalay oladi.

Bu xohish, shuningdek, Shomurodovning sifatlari Joze Mourinyoga mos keladi. Eldorni jamoada ko‘rib turganimizdan xursandmiz", — dedi Tiago Pinto.

Rim klubi Eldor Shomurodovni «Jenoa»dan 17,5 million yevro evaziga xarid qildi. Shomurodov «Roma» bilan 2026 yil 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi yangi klubi safida 14-raqamda harakat qiladi.

Shomurodov 2020/21 yilgi mavsum boshida «Rostov»dan 7,5 million yevro evaziga «Jenoa»ga o‘tgandi. Bungacha u «Mash’al» va «Bunyodkor» klublarida to‘p surgan. Eldor ortda qolgan mavsumda A Seriyada 31 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:45, 03.08.2021.
O'qildi: 7042 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик