«Liverpul» himoyachisi Fabinyo kelajagini bundan keyin ham «qizillar» bilan bog‘lashga qaror qildi va klub blan shartnomasini uzaytirdi.
Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda. Fabinyoning yangi shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan. Kelishuvning moliyaviy tafsilotlari hali oshkor qilinmadi.
Ma’lumot uchun, 2020/2021 yilgi mavsumda Fabinyo «Liverpul» tarkibida 30 ta o‘yinda maydonga tushdi.