Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Manchester Siti» futbolchisi uchun «Arsenal» ham kurash boshladi

«Manchester Siti» futbolchisi uchun «Arsenal» ham kurash boshladi

Baho:
+ | -

«Arsenal» «Manchester Siti» futbolchisi Bernardo Silvani Meddison transferiga muqobil variant sifatida ko‘rib chiqmoqda. «Mirror» nashri xabar qilishicha, Bernardo Grilish transferidan keyin jamoadagi kelajagi noaniq bo‘lgan futbolchiga aylangan.

Gvardiola ham uni olib qolishda jonbozlik ko‘rsatmayapti. Shu sabab yaxshi taklif uchun potugaliyalik futbolchi ketishga qarshi bo‘lmaydi. «Kanonirlar» bosh murabbiyi Mikel Arteta futbolchini «Siti»dagi faoliyatidan juda yaxshi biladi. U agar Edegorni qaytarishni iloji bo‘lmasa, Bernardoni qulay narxga sotib olishga harakat qiladi.

Avvalroq Bernardo uchun «Atletiko» hamda «Barselona» qiziqayotgani haqida xabar qilingan edi. Biroq Ispaniya gigantlarini moliyaviy ahvoli transfer uchun yetarli bo‘lmasligi mumkin.

Manba: teamtalk.com
Kiritildi: 14:03, 08.08.2021.
O'qildi: 1860 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.