Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Superliga. «Metallurg» qatorasiga to‘rtinchi mag‘lubiyatga uchradi

Superliga. «Metallurg» qatorasiga to‘rtinchi mag‘lubiyatga uchradi

Baho:
+ | -

Mamlakat milliy chempionati birinchi davrasining yakuni hamda ikkinchi davraning avvali “Metallurg” uchun o‘ta omadsiz keldi. Bekobodliklar inqiroz girdobidan chiqishning yo‘lini topa olishmayapti. “Metallurg” ketma ket to‘rtinchi o‘yinni boy berdi...

Bu safar “Bunyodkor”ga, Olmaliq shahridagi OKMK stadionida. Uchrashuvning og‘ir kechishini hamma taxmin qilgandi. Alamli mag‘lubiyatlar, tarkibdagi muammolar murabbiylar shtabiga ham, o‘yinchilarga ham katta bosim, yuk bo‘ldi. Jasur Abduraimov shogirdlari psixologik – ruhiy chuqurlikdan chiqib keta olishmayapti. Bu safar jamoaga asosiy tarkib o‘yinchilari Salamat Quttiboyev, Abror Toshqo‘ziyevlar yordam bera olishmadi. Tarkibga ikkinchi  davrada qo‘shib olingan yosh futbolchilar esa hali jamoa o‘yiniga to‘liq qo‘shilib keta olmadi. Xullas muammolar yig‘ilib mag‘lubiyatlar soni o‘sayapti.

Uchrashuvning kulminasion nuqtasi adashmasam 15-daqiqada yuz berdi. Maydon markazida Damir Temirov tomonidan ishlatilgan “podkad” VAR tomonidan “qizil"ga munosib ko‘rildi. Ikkinchi vaziyatda ham VAR “qaldirg‘ochlar” foydasiga ishladi. 44-daqiqada Zokir Qodirov “Bunyodkor” futbolchisi to‘pni qo‘li bilan o‘ynaganligi uchun ikkilanmay penalti belgiladi. Ammo VAR o‘yinchi orqasi bilan qaramay turib, to‘pni qo‘li bilan o‘ynadi deb, uchrashuvdagi navbatdagi to‘xtalishga sabab bo‘ldi. 11 metrlik nuqtaga to‘pni o‘rnatib qo‘ygan Stanislav Andreev hakamlar bir qarorga kelib bo‘lguniga qadar “yonib ketdi”. Penaltini o‘ta ishonchsizlik bilan amalga oshirdi va darvozabon to‘pni qaytardi.

Ikkinchi taymda “Bunyodkor” son jihatidan ustunlikdan unumli foydalandi. Taym boshidayoq Farrux Ikromov ajoyib kombinasiyadan so‘ng darvozabon bilan yakkama yakka chiqib, hisobni ochdi – 1:0. 72-daqiqaga kelganda Ikromovning ajoyib uzatmasidan keyin Mirjahon Mirahmatov “Metallurg” darvozasini ishg‘ol etdi – 2:0. 75-daqiqa maydonda kamchilik bo‘lib qolgan “Metallurg” uchun bu hisobni o‘zgartirish, mag‘lubiyatdan qutilib qolish qiyin edi.

Shu tariqa, “Metallurg” qatorasiga to‘rtinchi, mavsumdagi sakkizinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.

Coca Cola Superliga. 15-tur
BUNYODKOR – METALLURG – 2:0 (0:0). 13.08.2021 yil. Olmaliq shahri, OKMK stadioni.
Gollar: Farrux Ikromov (51), Mirjahon Miraxmatov (72).
Amalga oshirilmagan penalti: Stanislav Andreev (44).
«BUNYODKOR»: 71. Sarvar Karimov, 4. Davronjon Ergashev, 6. Avazbek O‘lmasaliyev, 9. Farrux Ikromov, 13. Lutfulla To‘rayev (s), 14. Mirjahon Mirahmadov, 17. Odiljon Abdurahmonov, 26. Ulug‘bek Abdullayev, 30. Abdulla Abdullayev, 34. Suhrob Izzatov, 49. Ibrohim Tomiva.
Zaxira: 1. Ravshanbek Yagudin, 3. Dian Talxatov, 7. Farhod Mirahmatov, 8. Sanjar Rashidov, 21. G‘ayrat Azizxo‘jayev, 22. Shahboz Erkinov, 33. Umarali Rahmonaliyev, 35. Aziz Pirmuhammadov, 37. Muhammadodil Qahramonov.
«METALLURG»: 1. Akmal Tursunboyev, 7. Ruslan Roziyev, 10. Shahzodbek Nurmatov, 21. Kamoliddin Tojiyev, 22. Shahzodbek G‘ofurbekov, 28. Stanislav Andreev, 30. Ibrohim Ibragimov, 48. Dilshod Rahmatullayev, 55. Akbarjon Ismatullayev (s), 80. Farruxjon Ibrohimov, 98. Damir Temirov
Zaxira: 12. Aleksandr Lobanov, 4. Odilbek Abdumajidov, 6. Xudoyshukur Sattorov, 11. Ivan Nagayev, 15. Zohid Abdullayev, 25. Shahzodjon Ne’matjonov, 70. Muhammad Isayev, 79. Bobur Davlatov, 90. Abdurahmon Abdulhaqov
Ogohlantirish: O.Abduraxmonov (56)
Chetlatish: Damir Temirov (14).
Hakamlar: Zokirjon Qodirov, Ruslan Samandarov, Obid Jumayev, To‘rabek Suyunov
Nazoratchi: Rashid Aytekov
VAR hakami: Rahimbek Karimov
VAR assistent: Baxtiyorxo‘ja Shavkatov
VAR nazoratchisi: Valentin Kovalenko
Komissar: Zohirjon Akramxonov

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 22:10, 13.08.2021.
O'qildi: 2565 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.