O‘tgan mavsumni "Barselona"da ijara asosida o‘tkazgan "Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford klubning "Borussiya D" vingeri Karim Adeyemini o‘z safiga qo‘shib olganini eshitgach, kataloniyaliklar safiga o‘ta olmasligini anglab yetdi. Bu haqda Sport.es xabar bermoqda.
Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, Reshford "blaugrana"dan "biroz xafa", chunki u "Barselona" uni o‘z safida olib qolish uchun kutilganidan ko‘ra uzoqroq kurashadi deb o‘ylagan edi. Vinger "Barselona"da qolish uchun maoshini kamaytirishga ham tayyor bo‘lgan. Hujumchi "Manchester Yunayted"da mavsumoldi tayyorgarlikni o‘tkazishga rozi bo‘ldi, chunki bosh murabbiy Maykl Kerrik unga ishonch bildirmoqda.
Ta’kidlanishicha, Reshford Yevropaning top-jamoasidan taklif tushsa, "qizil iblislar" safini tark etishga tayyor. Futbolchi Saudiya Arabistoniga ketish variantini ko‘rib chiqmayapti.
O‘tgan mavsumda hujumchi "Barselona" safida 49 ta o‘yin o‘tkazib, 14 ta gol urgan va 14 ta golli uzatmani amalga oshirgan.













