Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Aleksandr Xomyakov: "Jamoam durangga munosib edi"

Aleksandr Xomyakov: "Jamoam durangga munosib edi"

Baho:
+ | -

Superliganing 15-turidan o‘rin olgan "Mash’al" — "Paxtakor" (0:1) uchrashuvidan so‘ng muborakliklar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— Bir so‘z bilan aytganda, jamoam durangga munosib edi. Yigitlar bor kuchlarini sarflashdi. Vaziyatlar yaratishdi. Afsuski, penaltidan foydalana olganimiz yo‘q. O‘z hisobimizga bir ochko bo‘lsa ham qo‘shib olishni chin dildan istagandik. Futbolchilar berilgan rejani aniq bajarishdi va o‘z ishlariga yaxshi yondoshishdi.

— Ikkinchi bo‘limda "Mash’al"da ko‘plab qulay imkoniyatlar yuzaga kelganiga qaramasdan foydalana olmadi. Bu omadsizlikmi yoki futbolchilardagi mahoratning kamligi?
— O‘zingiz aytganingizdek, vaziyatlar bizda ko‘p bo‘ldi, deya olaman. Faqatgina realizasiya yetishmadi. Hujum chizig‘i vakillari yomon o‘ynashgani yo‘q. Qayerdadir biz foydalanishimiz shart bo‘lgan vaziyatlarni qo‘ldan boy berdik. Ayrim holatlarda mahorat kamlik qilgan bo‘lishi mumkin. "Nasaf" bilan bahsda "Paxtakor" darvoza to‘sini goldan qutqargandi. Biz bilan ham shunday holat sodir bo‘ldi. Ikkita uchrashuvda bir hil holatlar ro‘y beryapti. Ko‘p kuch sarfladik. Biroq kamlik qildi.

— "Nasaf" bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev o‘yindan so‘ng "Paxtakor" mavsumdagi eng yomon o‘yinini o‘tkazganini aytgandi. Ular ham xuddi bugungidek ikkinchi bo‘limda yaxshi harakat qilishgandi. Sizning bu boradagi fikringiz qanday?
— "Paxtakor" o‘z uslubidan kelib chiqib bizga o‘yin tizginini ushlashga qo‘yib bermadi. Futbolchilarga raqib o‘z o‘yinini ko‘rsatishiga yo‘l qo‘ymasligimizni aytgandim. Lekin hozir qaynab turgan miya bilan mazkur mavzuda gapirish qiyin.

— Jamoada penaltini amalga oshiradigan aniq bir futbolchi tanlab olinganmi?
— Bizda Humoyun Murtazoyev bor edi. Bugungi o‘yindagi vaziyatda penaltini kim tepishi borasida aniq tanlab olingan futbolchi yo‘q edi, desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Shahzod Shaymonov penaltilarni yaxshi tepadi. U amalga oshirishi ehtimoli mavjud edi. Lekin Samuel yigitlarga o‘ziga ishoayotganligini aytgan. Natijada zarbani ushbu futbolchi yo‘lladi. Bor gap shu.

Manba: fcmashal.uz
Kiritildi: 06:59, 14.08.2021.
O'qildi: 1836 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.