Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Baxtiyor Ashurmatov: «Bugun g‘alaba qozonishimiz ham mumkin edi»

Baxtiyor Ashurmatov: «Bugun g‘alaba qozonishimiz ham mumkin edi»

Baho:
+ | -

“Qizilqum” – “Qo‘qon-1912” (2:2) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin mehmon jamoa ustozi Baxtiyor Ashurmatov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— “Qizilqum” jamoasi oxirgi paytlarda chiroyli o‘yinlar ko‘rsatib, yaxshi natijalar qayd etyapti. Hamidjon Aktamov bejizga oyning eng yaxshi murabbiyi bo‘lgani yo‘q. Jamoasining o‘yinida katta o‘zgarishlarni amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi. “Qizilqum”ning ajoyib o‘yin ko‘rsatishida murabbiyning mehnatini ta’kidlab o‘tgan bo‘lardim.

O‘yinga kelsak, jangovar va asabiy ruhda kechdi. Bugun yutishimiz yoki mag‘lub bo‘lishimiz ham mumkin edi. Mehmonda durang o‘ynaganimizda murabbiylarning ko‘rsatmalaridan ko‘ra, futbolchilarning xarakter ko‘rsatgani, oxirigacha kurashishgani, qiyin vaziyatlarda o‘zlarinb yo‘qotib qo‘yishmagani va zaxiradan maydonga tushganlar ham ahil jamoa bo‘lib o‘yinga qo‘shilib ketganlari tufayli natijasini berdi va durangga erishdik. G‘alaba qozonishimiz ham mumkin edi. Murod Xolmuhammedov va Ivan Yosovich jarohat sababli jamoa bilan umumiy mashg‘ulotlarda qatnasha olmadilar. Shunga qaramasdan, ular sog‘ligini tavakkal qilib, qiyin vaziyatda jamoaga yordam berishga qaror qildilar. Ularga va maydondagi barcha yigitlarga oxirigacha kurashishgani uchun minnatdorchilik bildiraman.

— Eshitishimizcha, jamoada moliyaviy muammolar bor ekan. Futbolchilar oxirgi marta qachon oylik maosh olishdi?
— Bu jamoamizning ichki ishlari. E’tibor bersangiz, hech qaysi holat futbolchilarimizga oxirigacha kurashishlariga xalaqit bergani yo‘q. Faqat g‘alaba qozona olmayotganimizga omad kelmasligi sabab bo‘lyapti. Yutqazgan o‘yinlarda ham munosib kurashishyapti. Yigitlarga hech qanday e’tiroz bildira olmayman. Qo‘qonda hech qachon futbolchilarni aldashmagan. O‘ylaymanki, bu yil ham shunday bo‘ladi. Shu sababli bu haqda to‘xtalishni xohlamagan bo‘lardim. Asosiysi, yigitlar ahil. To‘g‘ri, jadvalda bundan yuqoriroq o‘ringa joylashishimiz mumkin edi. Afsuski, omadsiz o‘yinlar bizni shu o‘ringa joylashishimizga sabab bo‘lyapti. Ammo mana shunday o‘yinlar namoyish etsak, keyingi uchrashuvlarda kerakli ochkolarni qo‘lga kiritamiz.

— Birinchi bo‘lim boshlarida tarkibda o‘zgarish bo‘ldi. Bunga nima sabab?
— Gapning ochig‘i, Farhod Bekmurodov ikki-uchta vaziyatda darvozamizga yaqin joyda to‘pni yo‘qotishi bizni xavotirga soldi. Afsuski, zaxiradan futbolchini maydonga tushirishga ulgurmay qoldik va gol o‘tkazib yubordik. Bu kabi holat har bir futbolchida bo‘lib turadi. Kimnidir ayblamoqchi emasmiz. Ammo o‘yinga kirishib keta olmagani sababli tezkor tarzda o‘yinchi almashtirishga qaror qildik.

— Andrey Sidorovdan shunday gol kutganmidingiz?
— Rosti, murabbiydarda sezish qobiliyati bo‘ladi. Hujumni kuchaytirish uchun tavakkal qilishga majbur edik. Gapning ochig‘i, qaysi hujumchini maydonga tushirishga ikkilandik. Sidorov doim zaxiradan tushganda gol urmayapti, bu safar bu ishni uddalar, degan holatda uni maydonga tushirdik. Bu gol o‘ziga bo‘lgan ishonchni qaytarib beradi. Andrey yaxshi futbolchi. Lekin oxirgi yillardagi omadsizlik uni ancha tushkun holatga tushirib qo‘ygandi.

Manba: https://t.me/FCKOKAND
Kiritildi: 07:16, 15.08.2021.
O'qildi: 2075 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.