Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Hasanali Qodirov blogi: Gapning qisqasi...

Hasanali Qodirov blogi: Gapning qisqasi...

Baho:
+ | -

1. YANGI KUN OTMOQDA.
Srechko Katanes haqida habarlar o‘n kundan beri tinimsiz berib borildi. Nomzodlar e’lon qilindi avval. Keyin og‘zaki kelishuvdan ma’lumot berishdi. Katanes haqida barcha ma’lumotlar keltirildi. Oxirgi habar shunday: U kishi 18 avgustda muzokaralarning yakuniy qismini olib borish uchun Toshkentga kelar ekan. Ahmadjonov paytida Kuper haqida hech qanday ma’lumot oldindan berilmagan. Demak, Jahongirning boshlab qo‘yib keyin to‘xtab qolgan oshkoralik sari  qo‘ygan qadamlari shu holatdayam ish bermoqda desak bo‘ladi. Oshkoralikdan yana bir misol keltiraman. Abramov terma jamoaga ustozlik qilgan paytida oyiga 230 mln so‘m oylik olgan ekan. "Bunyodkor"da “atigi” 65 mln so‘m oylik olib ishlagan ekan. Katanes, Kuper va Keyrushlarning oyliklari ham oshkor qilindi. Oshkoralik boshlandi, shekilli. Futbolimizda “zastoy” davri chekinyapti, shekilli. Oshkoralik ivirsiq gaplarni yo‘qotib haqiqatga, adolatga hizmat qiladi. Buzishgamas qurishga, yaratuchanlikka undaydi. Termamizga yangi ustoz muborak bo‘lsin. U bilan futbolimizga yangilanish kirib kelsin. Yangi nafas, yangi hayot bardavom bo‘lsin.

2.SRECHKO KATANES IZMIDA.
Shu voqealar bir yil oldin sodir bo‘lganda edi, Saudiyadagi o‘yinlarimizni yangi bosh murabbiy yangicha boshqarganda edi, qanday sermahsul ish bo‘lardi. Xozir shakllangan jamoaga ega bo‘lgan bo‘lardik. Hammasiga shukr. Eski kun ortda qolgani rost bo‘lsin. Eski gaplar yo‘q bo‘lsin. Yangicha fikr yuritaylik. Katanesga yangicha ko‘z bilan qaraylik. Srechko yuzida faqat JCH-2026 yo‘llanmasini ko‘rishni bas qilaylik. Srechko termamizni Yaponiya,  Avstraliya termalari saviyasiga qadam-baqadam olib chiqsin. FIFA kunlarida yig‘inlarda yig‘ilishib termani bunday darajaga yetkazish amri mahol ishdir. Ishda yig‘inlar oralig‘ida uzilish bo‘lmasin. Klub murabbiyiga o‘xshab to‘xtovsiz, izluksiz ish olib borish kerak. Temur Kapadzega shunday sharoit yaratib berishdi. Katanes yig‘inlardan boshqa kunlari yurtimizni kezib klublar o‘yinini tomoshaxonlik qilishi  kerakli natija berar, lekin futbolimizga muhum o‘zgarish olib kirmaydi. Taklifim shunday: Milliy jamoamizdan tashqari klublar terma jamoasini tashkil qilaylik. Unga o‘zimizdan bosh murabbiyni tayinlaylik. U Katanes murabbiylar shtabiga a’zo bo‘lsin, uning izmida bo‘lsin. Tag‘in boshqa jihat bor. Srechko Katanes nima qilarini, qanday qilarini, termani qanday bosqichlarga olib chiqarini bir rejaga solib ko‘rsatib bersin. Mutaxassislar kengashi hammasidan oldindan bohabar bo‘lsin. Birga bo‘lsin. Klublar terma jamoasi o‘n kunda bir marta ikki kunlik yig‘in o‘tkazib, bitta o‘yin o‘tkazib tursin. Masalan, gohida “Olimpik” bilan, goho Tojikiston termasi bilan bellashib tursin. Katanes shunda uzluksiz ishlab o‘zining yangi o‘yin g‘oyasini sinovdan o‘tkazib, pishitib, futbolimizga singdirib boradi. O‘yinni yaratib oladi. Axir yo‘q o‘yinni legionerlar kuchaytira olishmaydi. Legionerlarsiz O‘yin yaratilgan va shakl topgan bo‘lishi kerak. Olimpik ham, barcha yoshdagi boshqa terma jamoalarimiz ham uning izmida bo‘lsin.       

3. QACHONGACHA?!
Bokschi ringga chiqib kim bilandir, mayli kuchli raqib bo‘lsin, o‘sha bilan o‘rtoqlashib tursa, mahorati o‘smaydi. Unga qaqshatqich jang kerak. Futbolda ham shunday. Shvesiya, keyin Daniya, keyin Belgiya kabi davlat termalari bilan o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazsak biz uchun bayram bo‘lishi mumkin. Azizov bizga shuni va’da qilganmidi? Lekin, shuni bilaylikki o‘rtoqlik o‘yinlari terma jamoamiz uchun mahorat pog‘anasi bo‘la olmaydi. Jamoaga jang kerak. Musobaqa kerak. Arablarda Fors Ko‘rfazi turniri bor. Keyin Arab davlatlari ligasi bor. Unda Shimoliy Afrikadan arab davlatlari ham qatnashadi. Qatarga shu turnirlar kamlik qilib Shimoliy Amerika turnirida qatnashib keldi. Bizning ahvolimiz qanday? Biz uchun Markaziy Osiyo davlatlari konfederasiyasi tashkil qilindi. Lekin uning musobaqasi haligacha o‘tkazilmaydi. Nega? Kim yoki nima bunga yo‘l bermayapti, halaqit qilyapti? Masalan, turkiy xalqlar uchun “Turon Fanlar Akademiyasi” tashkil qilindi. Boshqalar qatorida O‘zbekiston bosh gerontologi Asadullayev “Turon Akademiya”sining faxriy a’zosi bo‘ldi. Buning nimasi yomon? Fanlar rivojiga hissa qo‘shadiku. Shunga o‘xshab “Buyuk Turon” futbol chempionatini tashkil qilsak bo‘lmaydimi? Bo‘ladi. Buning uchun futbolimiz rahbarlariga xohish va iroda kerak. O‘rtoqlashuv o‘yinlaridan ko‘ra turli musobaqalarni tashkil qilsak foydaliroq bo‘lmaydimi? Urugvay bilan o‘rtoqlashganimiz bizga nima berdi? Ozarbayjon va Turkiyaning yoniga Tojikiston termasini qo‘shib uch kunda bo‘lib o‘tajak sovrinli miniturnir tashkil qilsak bo‘lmaydimi? Bo‘ladi. Nega qilmaymiz? Bilganimiz JCH-2026ni kutishmi? Turli musobaqalar biz uchun muhum.

OKni nega o‘ylamaymiz? OK-2007da Iroq terma jamoasi chempion bo‘lgan edi. Navbatdagi OKda sovrinli o‘rin olishni Katanes oldiga vazifa qilib qo‘yaylik. Har qanday kuchli murabbiyga natija uchun ancha-muncha vaqt kerak. Kloopga “Liverpul” bilan natija ko‘rsatish uchun uch yil kerak bo‘ldi. Zidan “Real”da to‘rt yil yordamchi bo‘lib yurdi. Ikki yil Anchelotti bilan ishladi. Katanesgayam kerakligicha vaqt beraylik demoqchiman. Men nega terma jamoamizga har tomonlama chuqur e’tibor berishingizni so‘rayapman? Shunga javobim bor. Masalan, YECHda finalga chiqqan Angliya termasi “M.Siti”dan kuchliroq o‘yin ko‘rsata olmaydi. O‘zining chempionati darajasida o‘yin ko‘rsatadi. Shu ularga yetarli bo‘ldi. Ispanlaru Faranglar ham shunday. Ularning bosh murabbiylariga termada qo‘yiladigan vazifa qiyin emas. Bizning termamiz ustoziga qiyin. U Termamiz bilan klublarimiz hali yetib kelmagan o‘yinni yaratib bera olishi, uni amalda qo‘llashi kerak. Bu o‘yin klublarimizga dastak bo‘lishi kerak. Termamiz va Katanes oldida  shunday muhum vazifa turganini tan olaylik.  Biz esa “Mundialga chiqaylik” deyishdan boshqa narsani bilmaymiz. Qachongacha?!

Hasanali Qodirov.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 09:26, 19.08.2021.
O'qildi: 3471 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.