Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

"Nasaf" xalqaro maydondagi bahslarni ancha xotirjam o‘tkazmoqda. "Ahal"ga qarshi statistika qanday bo‘ldi?

"Nasaf" xalqaro maydondagi bahslarni ancha xotirjam o‘tkazmoqda. "Ahal"ga qarshi statistika qanday bo‘ldi?

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO
Rukn: Yangiliklar

Biroz oldin "Nasaaf" OFK Kubogi Markaziy Osiyo finali doirasida Turkmanistonning «Ahal» jamoasini qabul qildi.

Uchrashuv anchayin shiddatli va gollarga boy tarzda o‘tdi. Dastlab o‘yinning 26-daqiqasida «ajdarlar»ning serbiyalik futbolchisi Marko Stanoyevichning uzoq masofadan yo‘llagan super zarbasi gol bilan yakunlandi — 1:0. Keyinchalik esa 32-daqiqada chap qanotdan amalga oshirilgan uzatmani mezbonlarning 99-raqamli xorijlik a’zosi Andriya Kaluderovich golga aylantirdi — 2:0.

Biroq bu bilan turkmanlar o‘yin nazoratini osonlikcha raqiblariga berib qo‘ymadilar. 60-daqiqada mehmonlarning OFK Kubogidagi to‘purarlaridan biri bo‘lib kelayotgan Elman Tagayev hisobni qisqartirdi 2:1. Oradan 8 daqiqa o‘tib esa qarshiliklar darvozasi tomon 11 metrlik jarima to‘pi belgilandi. Undan "Ahal" jamoasining 7-raqamli sardori Elman Tagayev yana bir bor unumli foydalanib, hisobni tenglashtirdi — 2:2.

Ammo vakillarimiz raqibning bu shturmidan esankirab qolgani yo‘q. 77-daqiqa o‘tib borayotgan bir vaqtda bu safar mehmonlar darvozasi tomon penalti belgilandi. Ushbu jarima zarbasidan mezbonlar hujumchisi Husain Norchayev unumli foydalandi va tarozi pallasini "Nasaf" tomoniga burdi — 3:2. Bundan buyog‘iga vakillarimiz nazoratni qo‘ldan chiqarib yubormadi va g‘alabani o‘zida saqlab qoldi.

Shu tariqa «ajdarlar» iroda namoyon etgan holda keyingi bosqich masalasini ijobiy hal qilishdi. Endi "ajdarlar" keyingi bosqichda Hindistonning «Moxun Bagan» klubiga qarshi maydonga chiqadi.

Uchrashuvda «Nasaf» raqibidan ustun ekanini har tomonlama isbotlashga erishdi. Buni umumiy statistika ham tasdiqlab turibdi. Quyida e’tiboringizga o‘yin davomida qayd etilgan barcha statistik ko‘rsatkichlarni havola etamiz.

To‘pga nazorat qilish 63% - 37%
Darvoza tomon zarbalar - 14 - 8
Darvoza tomon aniq zarbalar - 7 - 3
Zarbaga qo‘yilgan bloklar - 3 - 1
Jarima zarbalari - 21 - 12
Burchak zarbalari - 6 - 3
Offsaydlar - 2 - 3
Darvozabon seyvlari - 1 - 4
Follar - 13 - 21
Sariq kartochkalar - 1 - 4
Passlar - 540 - 324

Murabbiylar fikrlari

Ro‘ziqul Berdiyev

O‘yinning og‘ir o‘tishiga o‘zimiz sababchimiz. Uchrashuvni yaxshi boshlagandik. Ikkita gol urgandan keyin o‘ynashdan to‘xtadik. Agarda har qanday jamoaga imkon beradigan bo‘lsak, ular o‘ynashni boshlaydi. Asosiysi - g‘alabaga erishdik va navbatdagi bosqichga chiqdik. Ha, o‘yinimizda kamchiliklar bor. Balki, natijadan qoniqqandurmiz. Ammo o‘yin bobida bunday deya olmayman.

O‘yindan oldingi ko‘rsatmalarda Norchayevga bu haqida aytgandik. Marko AGMKga qarshi o‘yinda ura olmagani uchun unga biroz dam berdik. Norchayev ham yaxshi harakat qildi va penaltini amalga oshirdi.

Raqib murabbiyi sxema yoki o‘zgarishlar orqali o‘yinni o‘zgartirganini ko‘rmadim. Faqat 3:2dan keyin u 4-3-3 sxemasiga o‘tdi. Bunga ham o‘zimiz sababchimiz. Raqibning yaxshi o‘yin ko‘rsatishiga bizning o‘yinni tashlab yuborganimiz sabab bo‘ldi. Bu kabi raqiblar qanday o‘yin ko‘rsatishni yaxshi biladi. Kecha aytganimdek, o‘yin qiziq bo‘ldi. Ammo aytishim kerakki, havotirli bo‘lsa-da, bahs yaxshi o‘tdi".

Begench Garayev

"Nasaf"ni g‘alaba bilan tabriklayman va OFK Kubogidagi o‘yinlarda omad tilayman. Ikki xil taym bo‘ldi. Shogirdlarimdan minnatdorman. Ular o‘yinga o‘zlarini bag‘ishlashdi. Biroz omad kelmadi. Xatolarimiz sababli natija qila olmadik.

O‘yin oldidan ham aytgandim. Shonli tarixga ega jamoa OFK Kubogi sovrini uchun asosiy da’vogar. Ularda barcha imkoniyat bor.

Elman O‘zbekistonda o‘ynagan. Ammo bu o‘tmish. Qog‘ozlarda qolib ketgan. Ayni damda u "Ahal"da o‘ynamoqda va yuqori jismoniy holatda. Bu o‘z natijasini bermoqda. Ha, undan ayrim ma’lumotlarni so‘raganmiz. Lekin bu tayyorgarlikdagi asosiy jihat emas".

Kiritildi: 02:10, 26.08.2021.
O'qildi: 3148 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.