Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

YECHL. Guruh bosqichi qur’asi haqida batafsil ma’lumot

YECHL. Guruh bosqichi qur’asi haqida batafsil ma’lumot

Baho:
+ | -

Yevropa chempionlar ligasining 2021/2022 yilgi mavsumi guruh bosqichida ishtirok etadigan barcha 32 jamoaning nomi aniq bo‘ldi. Bugun esa musobaqaning guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi o‘tkaziladi. Qur’a jarayoni haqidagi muhim ma’lumotlar bilan tanishtirib o‘tamiz.

Qachon?

Qur’a marosimi 26 avgust kuni Istanbul shahrida bo‘lib o‘tadi. Tadbir Toshkent vaqti bilan 21:00da boshlanadi. Qur’a tashlash marosimida Branislav Ivanovich va Maykl Essyen tashkilotchilarga yordam berishadi.

Ishtirokchilar

26ta jamoa to‘g‘ridan-to‘g‘ri guruh bosqichi ishtirokchisiga aylangan bo‘lsa, qolgan 6ta o‘ringa jamoalar saralash bosqichi orqali chiqishdi.

Ispaniya: "Atletiko", "Real", "Barselona", "Sevilya", "Vilyareal"
Angliya: "Manchester Siti", "Manchester Yunayted", "Liverpul", "Chelsi"
Germaniya: "Bavariya", "RB Leypsig", "Borussiya" Dortmund, "Volfsburg"
Italiya: "Inter", "Milan", "Atalanta", "Yuventus"
Fransiya: "Lill", "Pari Sen-Jermen"
Portugaliya: "Sporting", "Portu", "Benfika"
Niderlandiya: "Ayaks"
Rossiya: "Zenit"
Avstriya: "Zalsburg"
Belgiya: "Bryugge"
Ukraina: "Dinamo" Kiyev, "Shaxtyor"
Turkiya: "Beshiktash"
Shveysariya: "Yang Boyz"
Shvesiya: "Malmyo"
Moldova: "Sherif"

Savatchalar

Qur’adan oldin jamoalar 4ta savatchaga taqsimlanishadi. Birinchi savatchadan Yevropa chempionlar ligasi va Yevropa ligasi musobaqasining amaldagi g‘oliblari hamda UYEFA koeffisiyentlar jadvalida yuqori 6ta o‘rinni egallagan mamlakatlar (Ispaniya, Angliya, Germaniya, Italiya, Fransiya, Portugaliya) chempionlari o‘rin olishadi. Qolgan klublar UYEFA reytingi asosida keyingi savatchalardan joy olishadi.

1-savatcha: «Chelsi», «Vilyarreal», «Atletiko», «Manchester Siti», «Bavariya», «Inter», «Lill», «Sporting»

2-savatcha: «Real», «Barselona», «Yuventus», «Manchester Yunayted», «PSJ», «Liverpul», «Sevilya», «Borussiya D»

3-savatcha: «Portu», «Ayaks, «Leypsig», «Atalanta», «Zenit», «Shaxtyor», «Benfika», «Zalsburg».

4-savatcha: «Beshiktosh», «Dinamo Kiyev», «Bryugge», «Milan», «Volfsburg», «Malmyo», «Yang Boyz», «Sherif».

Qur’a mexanizmi

Bir mamlakat vakillari bir guruhdan o‘rin olishmaydi. Shuningdek, Rossiya va Ukraina klublari bir guruhdan o‘rin olishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Boshqa cheklovlar haqida qur’a oldidan e’lon qilinadi.

Guruh bosqichi o‘yinlari o‘tkaziladigan sanalar

1-tur: 14/15 sentyabr
2-tur: 28/29 sentyabr
3-tur: 19/20 oktyabr
4-tur: 2/3 noyabr
5-tur: 23/24 noyabr
6-tur: 7/8 dekabr

Individual sovrinlar

Qur’a tashlash marosimi davomida turli nominasiyalar bo‘yicha mavsum-2020/2020ning eng yaxshilari nomi e’lon qilinadi.

Mavsumning eng yaxshi futbolchisi
Mavsumning eng yaxshi ayol futbolchisi
Erkaklar jamoasidagi mavsumning eng yaxshi murabbiyi
Ayollar jamoasidagi mavsumning eng yaxshi murabbiyi
Chempionlar ligasi-2020/21ning eng yaxshi darvozaboni
Chempionlar ligasi-2020/21ning eng yaxshi himoyachisi
Chempionlar ligasi-2020/21ning eng yaxshi yarim himoyachisi
Chempionlar ligasi-2020/21ning eng yaxshi hujumchisi
Ayollar o‘rtasidagi Chempionlar ligasi-2020/21ning eng yaxshi darvozaboni
Ayollar o‘rtasidagi Chempionlar ligasi-2020/21ning eng yaxshi himoyachisi
Ayollar o‘rtasidagi Chempionlar ligasi-2020/21ning eng yaxshi yarim himoyachisi
Ayollar o‘rtasidagi Chempionlar ligasi-2020/21ning eng yaxshi hujumchisi

Pley-off va final

Yevropa chempionlar ligasi pley-off bosqichi an’anaga ko‘ra fevral oyidan boshlab davom ettiriladi. Bu bosqichda "safardagi gol" qoidasi qo‘llanilmaydi.

Final uchrashuvi 2022 yilning 28 may kuni Rossiyaning "Sankt-Peterburg" shahridagi «Gazprom Arena» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Manba: www.stadion.uz.

ЕЧЛда "ўлим гуруҳи" қайси жамоалардан иборат бўлишии тахмин қилиб кўринг!

Kiritildi: 08:28, 26.08.2021.
O'qildi: 10980 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.